Translation is not possible.
Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
 
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Alloh bu dinni fojir kishi bilan ham qo‘llab-quvvatlaydi», deb aytganlar.
 
(Imom Buxoriy va Muslim rivoyati)
 
Izoh: Hadisning to‘liq shakli quyidagicha: Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga (jangda) qatnashdik. Musulmonlikni da’vo qilayotgan bir kishi haqida: “Manavi do‘zax ahlidan”, dedilar. Jang boshlangach, o‘sha kishi qattiq jang qildi. Bir payt unga jarohat yetdi. Shunda: — Ey Allohning Rasuli, siz “Manavi do‘zax ahlidan” degan kishi bugun qattiq jang qildi va o‘ldi, — deyildi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Do‘zax sari”, dedilar. Shunda ba’zi odamlar shubhaga tushib qolishdi. Ular shu holatda turganlarida: — U o‘lmabdi, lekin jarohati og‘ir ekan, — deyildi. Kech tushgach, u jarohatga sabr qila olmay, o‘zini o‘ldirdi. Bu xabar Nabiy sollallohu alayhi vasallamga yetkazildi. Shunda u zot: “Allohu akbar! Guvohlik beramanki, men Allohning bandasi va Rasuliman!” dedilar. Keyin Bilolga buyurdilar. U esa odamlarga jar solib dedi:
“Bilinglarki, jannatga faqat musulmon jon kiradi. Alloh bu dinni fojir kishi bilan ham qo‘llab-quvvatlaydi.”
 
Imom Buxoriy rivoyati
Send as a message
Share on my page
Share in the group