Turgunboyev Muhammadmirzo Profile Picture
UMMA TOKEN INVESTOR

Translation is not possible.
MUSO ALAYHISSALOM JANNATDAGI QO‘SHNISI
 
Muso alayhissalom Alloh taologa jannatda o‘ziga kim qo‘shni bo‘lishini bildirishni so‘rab, ko‘p yolvorar edi.
 
Bir kuni bunday nido keldi:
 
— Ey Muso, falon yerda yashovchi qassob sening jannatdagi qo‘shning bo‘ladi...
 
Muso alayhissalom qiziqib, qaysi ibodati uchun u bunga loyiq bo‘lganini bilish niyatida yo‘lga chiqdi. Hazrati Muso o‘sha odamni qidirib topdi. Qassob Muso alayhissalomning haq payg‘ambar ekanini bilgan, iymon keltirgan edi. Lekin o‘zlarini ko‘rmagan edi. Shuning uchun tanimadi. Kechqurun qassob Muso alayhissalomni uyiga taklif qildi.
 
Ovqat tayyorladi. Dasturxon tuzadi. Ovqat yeyishdan oldin qassob devorga osilgan bir zambilni yerga tushirdi va undan harakat qilishga sira madori qolmagan bir kampirni ko‘tarib olib, yerga yotqizdi. Xuddi go‘dakni ovqatlantirgandek uni yedirdi, ichirdi va yana joyiga qo‘ydi. Shunda kampir nimlardir deb shivirladi.
 
Keksa ayolning nima deyayotganini tushunmagan Muso alayhissalom qassobdan so‘radi:
 
— O‘g‘lim, bu kampir kiming bo‘ladi?
 
Qassob musofirga dedi:
 
— Bu ayol onam bo‘ladi.
O‘tirib-turishga, ovqat yeyishga holi yo‘q. Shu bois uni yediraman, ichiraman va ust-boshini toza tutaman. Qo‘limdan kelganicha xushnud etishga harakat qilaman.
 
Muso alayhissalom so‘radi:
 
— Hozirgina u senga gapirganday bo‘ldi, nimalar dedi?
 
Qassob dedi:
 
— Onam: “Ey Robbim! Men o‘g‘limdan xursandman. Sen ham undan rozi bo‘l. Jannatda uni Muso alayhissalomga qo‘shni qil”, deb duo etdi.
 
Shunda Muso alayhissalom o‘zini tanitadigan vaqt kelganini tushundi va dedi:
 
— Men Allohning payg‘ambari Muso bo‘laman. Allohdan jannatdagi qo‘shnim kim bo‘lishini bildirishni iltijo qilgan edim. Seni menga ro‘baro‘ qildi. Onangga qilgan xizmating uchun Alloh sendan rozi bo‘ldi. Onangning duosini qabul ayladi. Alloh seni jannatda menga qo‘shni qildi.
 
Ibrat: onaning duosi to‘siqsiz ijobat bo‘ladigan uchta duoning biridir. Agar ota-onamiz tirik bo‘lsalar, ularni rozi qilib, duolarini olishimiz, qassob singari ulug‘ darajalarga erishish imkoniyati bor. Uni boy bermaylik, azizlar.
 
"Taqvo Ahlining Go'zal qissalari" kitobidan.
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
Islomdagi salomlashish eng go‘zal va eng ma’noli salomlashishdir. Islomda tanigan-tanimaganga salom berish sunnatdir. Salomga alik olish esa vojibdir.
 
Nabiy ﷺ dan: «Qaysi amal eng yaxshi amal?» deb so‘ralganda:
 
«Tanigan va tanimagan odamingga taom va salom bermog‘ing», deb javob berganlar.
 
“Ruhiy tarbiya” kitobidan.
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
Ey baxt-saodat qidirgan inson, hikoyamga quloq sol:
 
«Qaerdan boshlayin?» dema, ibtido - Allohga toatdir.
 
«Qaerga borayin?» dema, to'g'ri yo'l Allohning shariatidir.
 
«Noz-ne'mat qaerda?» dema, senga Allohning jannati kifoyadir.
 
«Ertaga boshlayman» dema, ehtimol, intihoing ertagadir?
Send as a message
Share on my page
Share in the group