2 day Translate
Translation is not possible.
"Har kimda ishqi Mustafodir
Dengiz-u quruqliklar unga safodur"
 
Haqiqiy muhabbat
 
- Rasulalloh sollallohu alayhi vassallam minbarga oʻtib xutba qilmoqchi boʻlganlarida oʻksib yigʻlagan xurmo toʻnkasining
- Rasulalloh bezovta boʻlmasinlar deb oyoqlaridan ilon chaqsa ham qimirlamay turgan Abu Bakrning
- Payg‘ambar sollallohu alayhi va sallamni ko‘rishi bilan ikki ko‘zi yoshga to‘lgan holda u zot tomon intilgan tuyaning,
- Eri, akasi va otasi Uxudda shahid boʻlgani xabari yetganida ham Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga nima boʻldi deya soʻragan sahobiya ayolning
-Rasululloh sollallohu alayhi va sallam vafot etganlarini xabari yetganda:
"Allohim! Muhammad sollallohu alayhi va sallamdan keyin mening ko‘zlarim boshqa hech kimni ko‘rmasligi uchun ko‘zlarimni olib qo‘y!" deya duo qilgan Abdulloh ibn Zayd al-Ansoriyning
- Rasululloh ustida yurganlarida ishtiyoqi kelib qimirlagan, paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallam "Uxud - u bizni biz uni yaxshi koʻradigan togʻdir" deya eʼtirof etgan togʻning ishqi edi asl ishq.
 
Asl muhabbat mana shunday boʻladi.
Bizchi....
Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan ayrilgani uchun, muhabbati uchun yigʻlagan to'nkachalik emasmiz(man)...
Ehhh...
 
(Alloh barchamizning qalbimizga Oʻzining, Habibining, Kalomining muhabbatni solsin, hech boʻlmasa shu toʻnkaning muhabbatichalik muhabbat uygʻonsin tosh kabi qotib ketgan bu qalbimizda)
آمين
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group