Bilamizki eng ayanchli nadomat qiyomat kunidagi nadomat, chunki endi vaqtni ortga qaytarib bo\'lmaydi tavba qilishning savobli amallar qilib qolishning iloji yo\'q. To\'g\'ri dunyo hayotida ham vaqtni ortga qaytarib boʻlmaydi ammo qolgan vaqtimizdan unumli foydalanishimiz tavba qilib oxiratimiz uchun foydali amallarni qilishga ulgurib qolishimiz mumkin ammo qiyomat kunida buning imkoni yo\'q shuning uchun ham nadomatlarning eng yomoni qiyomat kunidagisidir chunki endi bizda vaqt ham imkoniyat ham yoʻq.
Imomi Javziy farzandiga quyidagicha nasihat qiladi
“Ey o‘g‘lim, bilginki, kunlar soatlarni tarqatadi, soatlar nafaslarni tarqatadi, har bir nafas xazinadir, sen biror nafasni behuda o‘tkazib yuborishdan saqlangin! Agar u hech narsasiz ketsa, qiyomat kunida bo‘sh xazinani ko‘rib nadomat chekasaan! O‘tkazayotgan har bir soatingda uni nimaga sarflayotganingga e’tibor ber. Vaqtingni imkon qadar eng yaxshi ishlarga sarfla. Nafsinga e’tiborsiz bo‘lma. Uni imkon qadar eng yaxshi va eng go‘zal amallarga undagin. Qabr sandiqlariga unga yo‘liqadigan kuningda xursand bo‘ladigan narsalaringni jo‘natib turgin.” imomning bu nasihatiga amal qilgan har bir mo\'min musulmon ikki dunyoda ham saodatga erishadi bir otaning farzandiga beradigan eng yaxshi nasihati shu bo\'lsa kerak. Allohdan ushbu nasihatga amal qilishimizda yordam berishini va buning amalini bizga oson qilishini so\'rab qolamiz.
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh
Bilamizki eng ayanchli nadomat qiyomat kunidagi nadomat, chunki endi vaqtni ortga qaytarib bo'lmaydi tavba qilishning savobli amallar qilib qolishning iloji yo'q. To'g'ri dunyo hayotida ham vaqtni ortga qaytarib boʻlmaydi ammo qolgan vaqtimizdan unumli foydalanishimiz tavba qilib oxiratimiz uchun foydali amallarni qilishga ulgurib qolishimiz mumkin ammo qiyomat kunida buning imkoni yo'q shuning uchun ham nadomatlarning eng yomoni qiyomat kunidagisidir chunki endi bizda vaqt ham imkoniyat ham yoʻq.
Imomi Javziy farzandiga quyidagicha nasihat qiladi
“Ey o‘g‘lim, bilginki, kunlar soatlarni tarqatadi, soatlar nafaslarni tarqatadi, har bir nafas xazinadir, sen biror nafasni behuda o‘tkazib yuborishdan saqlangin! Agar u hech narsasiz ketsa, qiyomat kunida bo‘sh xazinani ko‘rib nadomat chekasaan! O‘tkazayotgan har bir soatingda uni nimaga sarflayotganingga e’tibor ber. Vaqtingni imkon qadar eng yaxshi ishlarga sarfla. Nafsinga e’tiborsiz bo‘lma. Uni imkon qadar eng yaxshi va eng go‘zal amallarga undagin. Qabr sandiqlariga unga yo‘liqadigan kuningda xursand bo‘ladigan narsalaringni jo‘natib turgin.” imomning bu nasihatiga amal qilgan har bir mo'min musulmon ikki dunyoda ham saodatga erishadi bir otaning farzandiga beradigan eng yaxshi nasihati shu bo'lsa kerak. Allohdan ushbu nasihatga amal qilishimizda yordam berishini va buning amalini bizga oson qilishini so'rab qolamiz.
Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh