6 days Translate
Translation is not possible.
#taqriz
Kitob: Ulamolar nazdida vaqtning qadri.
 
"Mana shu ulkan olam boshlanishidan to nihoyasigacha vaqt koʻrinishida oʻtib boraveradi"
Mutolaa davomida shuni tushundimki "Vaqt har doim ketadi, hech qachon kelmaydi" koʻpincha biz vaqt kelishini kutamiz, manfaatli narsalarni ortga suramiz keyingi hafta keyingi oydan keyingi yil qilaman .... hamma narsani keyin qilamiz. Nima uchun hozirdan foydalanib qolmaymiz keyin kelishini kutamiz? Biz kutgan keyin hech qachon kelmaydi. Har bir vaqtning oʻz amali vazifasi bor biz bu haqiqatni tushunib yetmagunimizcha keyinni kutib, yoki oʻtib ketgan vaqtga afsuslanib yuraveramiz.
Kitobda Ibn Qoyyum rahmatullohi alayh aytadi " Oʻtgan vaqtga afsuslanish halok qiluvchi nadomatdir. Chunki har bir onimiz tez oʻtib ketadigan qadri baland va qaytib kelmaydigan fursatdir"
Mendagi oʻzim sezmagan va eng xatarli illatlardan biri bu oʻtib ketgan vaqtga afsuslanib hozirgi vaqtni zoe qilish ekan. Deyarli har kuni nimalargador vaqtimni behuda sarflab keyin siqilib yurardim juda boʻlmasa telefonimni ekranida kunlik ishlatilgan vaqtini koʻrib shuncha vaqtim telefonda oʻtib ketibdi deb qolgan vaqtimni ham boy berib yurgan ekanman.
 
Va yana kitobda Qatoda rahmatullohi alayhning quyidagi gaplari keltiriladi:
"Bilinglarki uzun umr hujjatdir. Alloh taolodan uzun umr sababli taʼnaga qolishdan panoh soʻraymiz"
Bazida yaqinlarimizning haqlariga duo qilayotganda Alloh umringizni uzoq qilsin, 100lrga kiring deymiz lekin aslida uzoq umr har doim ham hayrli emas ekan buning oʻrniga Alloh umringizga baraka bersin desak toʻgʻriroq boʻlar ekan. Inson bu dunyoda qancha yashagani emas qanday yashagani va dunyoki qay ahvolda tark etgani muhim ekan. "Zero, inson o‘z vaqtini g‘aflat, shahvat va botil orzular bilan o‘tkazganidan ko‘ra, uyqu va bekorchilikda o‘tkazgani yaxshiroq bo‘lib qoladi. Bunday insonga hayotdan ko‘ra o‘lim xayrliroqdir."
 
"Vaqt nuqsonsiz va holis neʼmat boʻlganligi uchun makondan sharafli hisoblanadi" Hozirgi kunda juda koʻp eshitadigan gaplarimdan biri "Vaqt juda tez oʻtib ketayapti" , "Vaqt avvalgi zamonlardagiday emas, qisqargan" , balki biz toʻgʻri foydalana olmayotgandirmiz. Vaqt hali ham oʻsha-oʻsha avval ham hozir ham 1kun 24soatdan iborat, vaqt tezlashmagan aksincha bizning tasarrufimizda nuqson bor. Avvalgi ulamolar hattoki taomlanishdan vaqtlarini qizgʻonishgan biz esa umrimizni shunga sarflab yuboryapmiz avval pishiramiz soʻng yeymiz keyin tozalaymiz va yana shu narsa doimiy takrorlanadi, baʼzida bitta taomni yeyish uchun yuzlab kilometr masofaga, qoʻshni viloyatlargacha boramiz keyin esa vaqtimizda baraka yoʻq, tez oʻtib ketayapti deb noliymiz.
Kun oxirida bugunimizni sarhisob qilib ertangi kunimizni rejalashtirmasdan pala-partish hayot hayot kechiryotganimiz uchun ham vaqtimizda baraka yoʻqolgan ekan.
"Sogʻlik va boʻsh vaqt ham sarmoyadir" Biz bu sarmoyamizni kerakli joyga sarflayapmizmi yoʻqmi? Bu savolni har doim oʻzimizga berib turishimiz lozim chunki oladigan foydamiz sarmoyamizni qayerga sarflayotganimizga bogʻliq.
Send as a message
Share on my page
Share in the group