Bismillaah
1-#insho
Daraxtlardan rivojlanishni o'rganamiz
Odamlar ichida bo‘yi bir biridan 2-3 marta farq qiladiganlarni topa olmaysiz. Daraxtlarning balandlari 50 metrgacha boradi. Kichkinalarini bo‘yi esa monitoringizdan ham past bo‘ladi. Katta daraxtlar ichida eng hayron qoldiradigani Sequadendron. 16 qavatlik uydan ham balandlari bor! Tasavvur uchun pastda rasmini qoldiraman.
Shamol baland daraxtlarni qiynashini ko‘rgan holatda shuncha ovoragarchilik nega kerak deb o‘ylab qolasiz. 10 metrda ham to‘xtasa bo‘ladi-ku. Mana teraklar to‘xtayapti. Holati yomon emas. Dendronning ham 15 metrda to‘xtaydiganlari bor. Buning uchun u yolg‘iz o‘sayotgan bo‘lishi kerak.
O‘rmonda o‘sganda fotosintez uchun quyosh talash bo‘ladi. Kim sal balandroq bo‘lsa o‘sha daraxt ko‘proq ozuqa ishlab chiqaradi, uzunlikdagi ozgina farq, vaqt o‘tishi bilan katta farqqa aylanadi. Sinflarimizda bitta fandan ozgina oldinda bo‘lgan bola olimpiada uchun tanlab olinardi. O‘qituvchi qo‘shimcha shug‘ullangani uchun u keyin ancha o‘tib ketardi. Daraxtlar bilan ham shunday. Tepa ancha bemalol, pastda tiqilinch. Odam to‘la avtobus yoki metroda bo‘yi pastlar ham, bo‘yi balanlar ham buni yaxshi his qilishgan.
Yolg‘iz o‘sganda esa baland bo‘lishga sabab topilmaydi. GM ham bir paytlar mashinalarini yaxshilamay qo‘ygani kabi, yolg‘iz daraxtning yuqoriga intilish uchun raqobatchilari bo‘lmaydi.
Odamlar bilan ham shunday. Shaxsiy rivojlanaman degan odam uchun muhit kerak. O‘rmon kerak. Aniqroq qilib aytganda, shaxsiy rivojlanish uchun ham sabab kerak. Maktabimiz o‘quvchilaridan bilaman, aqllari yetmaganda emas, charchaganda emas, balki sabablari tugaganda o‘qishlari pastga tushib ketadi.
Shu o‘rinda shaxsiy rivojlanish nimaligini gaplashib ketsak. Dizayningizni yaxshiroq qilishingiz, ovqatni shirinroq pishirishingiz shaxsiy rivojlanish emas. Kasbiy rivojlanish. Shaxsiy rivojlanish odamiylik xislatlaringizni yaxshilanishi. Vaqtida kelishni boshlashingiz. Mehribonroq, aqlliroq, mardroq, tezroq, sabrliroq, insofliroq bo‘lib borishingiz. Kasbiy rivojlanishingiz - ekselda jadvallarni tezroq qila olishingiz. Shaxsiy rivojlanishingiz shu jadvallarni chalg‘imasdan, eng yaxshi ko‘rinishda, mana qoyillatib qo‘ydim, “shuni ham eplay olmaysanlar” demasdan qilishingiz.
Biz Dendrion emasmiz. Eng balandi bo‘lmasak ham kunimiz o‘tayapti-ku. Ana Rossiyada 98% ishchilar ishdan bo‘shatishgacha bormasa, rivojlanmoqchi emas. Ana Britaniya har sakkizinchi erkak rivojlanish tugul, ishlamoqchi emas. Xo‘sh, bizga shaxsiy rivojlanish nega kerak?
Birinchidan: Kerakli odam bo‘lish uchun. Qancha rivojlangan bo‘lsak shuncha kerakli bo‘lamiz. Keraksiz bo‘lish depressiya demakdir. Uzoq vaqtlik qamoqdan ozod qilinganlar o‘zini o‘ldirish ehtimoli 10 barobar yuqori bo‘ladi. Shoushenkdan qochish filmidagi amaki uchun qamoqda kerakli bo‘lish, ozodlikda keraksiz bo‘lishdan yaxshiroq edi. Shu sabab o‘zini o‘ldirish sahnasini ko‘rganda, noto‘g‘ri qildi degan hayol kamchilikka kelgan bo‘lsa kerak.
Ikkinchidan: Yaxshi daromad qilishimiz uchun. Yaxshi mutaxassis yaxshi pul topishini bilamiz. Mutaxassislik sizni ma’lum bir joyga olib boradi xolos. Ko‘tarilishda davom etish uchun, shaxsiyatning muhimligi ortib boraveradi. Oxirgi bosqichlarda boshqaruvchining asosiy ishi shaxsiy rivojlanish bo‘lib qoladi. Siz o‘ssangiz jamoangizga oson, mijozlaringizga yaxshi bo‘ladi. Boshlig‘ingizni eslang, undan zo‘r ishlashni emas, yaxshiroq odam bo‘lishini kutgansiz. Ana vizioner Ilon Mask ham yaxshi odamlarni ishga olish kerakligini, faqat mutaxassis bo‘lish yetmasligini aytayapti.
Uchinchidan: Oson yashash uchun. Rivojlanish qiyinchiligiga chidasak, hayot qiyinchiliklari osonlashadi. Rivojlanmayotgan odamlarning muammolari o‘zgarmaydi: pul muammolari, sog‘liq muammolari, munosabat muammolari. Bu muammolarni o‘sayotgan odam yo‘l-yo‘lakay hal qilib ketaveradi. Lekin illuziya qurish kerak emas. O‘rniga boshqa muammolar bilan kurashishga to‘g‘ri keladi: Dangasalik, ego, vaqt yetishmasligi, odamlar tushunmasligi. Nima qilamiz endi, maktab bolasining muammolari, bog‘cha bolasining muammolaridan farq qilganiga o‘xshab, rivojlanayotgan odamning ham muammolari o‘zgarib boradi.
To‘rtinchidan: Oilamiz ham rivojlanadi. Rivojlanishar ekan, yuqoridagi foydalarni olishadi. Bizdan ibratlanishadi. Turmush o‘rtog‘imiz, bolalarimiz, qarindoshlarimiz, qo‘shnilarimizga eng katta yaxshiligimiz - o‘zimizga yaxshilik qilishimiz. Ya’ni rivojlanishimiz.
Dars qilayotgan, ishlayotgan bola atrofdagilarni motivatsiyasini 15% ga oshiradi. Demakki doimiy yashashni ta'siri yanaham balandroq bo'ladi.
Beshinchidan: Shaxsiy rivojlanish eng yaxshi meros bo‘ladi. Umar ibn Abdulazizning o‘g‘illariga bir dinordan kamroq (bitta velosiped puli) meros qolgandi. Shu o‘g‘illardan bittasi mingta ot sadaqa qiladi. (Millioner degani). Hishom ibn AbduMalikning o‘g‘illariga million dinordan (300 mln$) meros qolgandi. Shulardan bittasi bozorda tilanchilik qilib yurardi. O‘zi uchinchi avlodga borib 90% oilalar boyliklarini yo‘qotib yuboradi. To‘plaganini o‘tkazish osondek ko‘rinadi, asli o‘rganganini o‘tkazish osonroq bo‘ladi. Bu haqida Suqrot ming yillar oldin aytgandi: vaqtingizni pul topishga sarflayapsizlar, nega shu pullarni tashlab ketadigan merosxo‘rlaringizni tarbiya qilmayapsizlar?
Odam shaxsiy rivojlanayotganini qayerdan biladi?
Topayotgan pulidan emas. George Soros milliarder. O’zini shogirdlari ham, katta sanoatchilar ham, musulmonlar ham, yahudiylar ham uni yomon ko’radi. Tabiiy, davlatlar va kompaniyalarni bankrot qilib tursangiz, buzuqlikni yoyishga milliardlaringizni tiksangiz - sizni yaxshi ko’rishlari qiyin.
Kitob o’qiyotgani, turli kurs treninglarda yurayotgani, foydali videolar ko’rayotgani ham odamning rivojlanayotganini bildirmaydi. Mfaktorda treningda o’tirganimda yonimdagi fabrika egasidan so’ragandim - hamma treninglarda ko’raman sizni, bularni qo’llashga ham ulguryapsizmi aka? Javobning rostligi hurmatimni oshirgan. “-Endi uka, biz ichmasak, chekmasak, har xil joylarga boravermasak - shunaqa joylarga kelib mazza qilamiz-da”. Shuning uchun bo’lsa kerak, ko’p trening, kitoblar sizni maqtab o’zingizni yaxshi his qildirishdan boshlaydi. Serial ko’rib mazza qilasiz-ku, vijdon qo’ymaydi. Qani endi vijdonni qiynamasdan, yaxshi vaqt o’tkazsak. Self help (o’ziga yordam berish) kitoblari va rivojlanish treninglari aynan shu bo’sh joyni to’ldiradi.
Xo’sh unda rivojlanayotganimizni qayerdan bilamiz?
Ikki yildan beri tosh ko’tarish uchun zalga chiqaman. Buni eshitganlar ozg’inligimga ishora qilib, foydasi ko’rinmayapti deb aytib qo’yishardi. Vazn olmasligim sababi esa men mushaklarni og’ritmasdim. Erinardim. Har kun chiqishni o’zi katta ish edi men uchun. Yengil ishlaganim uchun ishtaha ham yengil bo’lardi. Hozir trener bilan og’riguncha ishlayapmiz. Ishtaha ham paydo bo’ldi. Vaznda o’zgarish bo’lyapti.
Qiynalmayotgan bo‘lsangiz - o‘smayapsiz. Adlerning gapi bilan aytganda ma’lumot olgan kishi mazza qiladi, ilm olayotgan kishi qiynaladi. Odam xatosini bilib qoladi. Uni tan oladi. Mana shu tan olish og‘riq beradi. To‘g‘rilash uchun och odam kaloriyani qidirganidek u ham ilm qidiradi. Qidirib yurgani uchun darrov amal qiladi. Keyingi safar o‘sha vaziyatda u xatoni qilmay qo‘yadi. Oxir-oqibat axloqi (xarakteri) yaxshilanib boradi. Bu yerda eng katta xalaqit beruvchi Ryan Holiday aytganidek odamning o‘z egosi bo‘ladi. Mana shu ego bizni rivojlanishdan to‘sib turadi.
Balki shunga kibri borlar kechirilmaydi. Jannatga kiritilmaydi. Hamma xatoni to‘g‘rilasa bo‘ladi. Kibrni tashqaridan to‘g‘rilab bo‘lmaydi. Kibri bor xato qilayotganini tan olmaydi. Rivojlanayotgan odamning birinchi belgisi uning kibri kamayib, siniqligi oshib boradi. Milliarder Ray Dalioning Instagramdagi biosiga qarang - professional xatokor deb yozib qo‘yibdi. Charli Mungerning mashhur gapiga qarang - har yil eng yaxshi ko‘rgan g‘oyamdan bittasini yo‘q qilsam, ahmoqligimni kamaytirsam menga yetadi, derdi. Makkada hojilarga xizmat qilayotgan Shayxga qarang, hamma uni izlab yuradi u esa choy tashiyapti.
Rivojlanmayotgan odamning birinchi belgisi u hamma narsani biladi. U hamma narsani qilib bo‘ldi. Unga savol berish yarashmaydi, unga savol berishlari yarashadi. U xato qilmaydi, qilsa ham xatoga hisoblanmaydi. Boshliqlar kech qolmaydi, ushlanib qoladi - balki ana shu gapning mualliflari shunga o‘xshagan odamlar bo‘ladi. Falastindan chiqib, unga qarshi chiqqan, o‘n millionlab obunachi yig‘ib 99% muxlislarini o‘ziga dushman qilgan NasDaily bunga yaqqol misol bo‘la oladi.
Rivojlanib boldim deganda odam rivojlanishi tugayotgan bo'ladi.
Parallel muhit AZIZ RAHIMOV

Comment
Share
Send as a message
Share on my page
Share in the group