Translation is not possible.
So‘kinish o‘zi nima, keng tarqalgan, oddiy eshitiladigan ruscha so‘kinishlarning to‘g‘ridan to‘g‘ri tarjimasi qanday — degan savollarga javob topamiz.
So‘kinish o‘zi nima? So‘kinish — bu haqorat uchun fahsh so‘zlarni qo‘llash. Buni albatta bilamiz. Ammo insonda hayrat va shunga o‘xshagan to‘satdan keladigan emotsiyalarni qisqa so‘z yoki ibora bilan ifodalash ehtiyoji bor: “voy”, “vaav” kabi. Shu ehtiyojdan kelib chiqib, doimiy ishlatiladigan rus tilidan kirib kelgan iboralarning aksari ham aslida so‘kinishlardir. Maqolaning davomini ovoz chiqarmasdan o‘qishingizni so‘rayman, chunki senzurasiz yozmoqchiman. Ruscha so‘kinish so‘zlari o‘zbek tilidagi so‘kinish so‘zlaridan ko‘ra “odobliroq” tuyuladimi, bilmadim, jamiyatimizda ko‘proq qo‘llaniladi. Buning sababi — to‘g‘ridan to‘g‘ri mazmuni, tarjimasini bilmaganimizdir, ehtimol. Shuning uchun tez-tez qulog‘imizga chalinib turadigan ruscha so‘kinish iboralarining ochiq tarjimasini quyida keltiraman:
Хуй — erkak jinsiy a’zosi.
(на*, по*, *на, *ет, не*а, да*а, ***вый va hokazo)
Пизда — ayol jinsiy a’zosi.
(пиздец va boshqalar)
Ебать — jinsiy aloqa.
(*н, *нути, за*л, ** твою мать va hokazo)
Долбоёб — qo‘pol jinsiy aloqa qiluvchi.
Гандон — prezervativ (homiladorlikdan saqlovchi vosita).
Шлюха — fohisha.
Сиська / Суска — ayol ko‘kragi.
Сука — urg‘ochi it.
Eng ko‘p fahsh so‘z ishlatadigan millatlar ro‘yxati tuzilsa, ruslar 1-dan 10-o‘ringacha band qiladi. Uchta so‘z bilan tuzish mumkin bo‘lgan gapga ikki dona fahsh so‘z qo‘shib, o‘rinsiz cho‘zib gapiradi. Ko‘chada begona ayol yoki hatto yosh qizdan soatni so‘rasangiz, yuqoridagi so‘zlardan birini qo‘shib javob berishi umuman g‘alati emas. Masalan, “Voy 5 bo‘libdi” desa, ular “voy” o‘rniga o‘sha so‘kinishlardan birini ishlataveradi. Bundan bilish mumkinki, har qanday so‘kinish so‘zlar ularda ko‘p hollarda jiddiy qabul qilinmaydi. Ammo bu so‘zlar ma’nosini yo‘qqa chiqarmaydi. Buni millatimizga tatbiq qilish to‘g‘ri emas. Musulmon kishi buni hech qanaqasiga qabul qilolmaydi.
Afsuski, Toshkentda jal** va shunga o‘xshash ba’zi o‘zbekcha fahsh so‘zlar odatiy iboraga aylantirilmoqda.
O‘zim ham ba’zan e’tiborsizlik bilan qo‘llaydigan bir fahsh so‘z bor edi. Bugungacha bu so‘zning kelib chiqish mazmunini bilmasdim.
“Блат / Бля / Бляат” — “блуд”, ya’ni zino so‘zidan kelib chiqqan. Бляатʼning tarjimasi — zinokor ayol. O‘zimizdagi ja**’ga teng ekan. Qolganlarining tarjimasini bilardim va qo‘llamasdim. Men aynan shu so‘z haqida Rossiyada bo‘lganimda qiziqib ko‘rgandim. Bir nechta rus saytlarida bu mazmunsiz, “voy”, “vox” kabi istalgan o‘rinda qo‘llash mumkin bo‘lgan ibora deb o‘qigandim. Hozir bu maqolani yozish uchun hammasini SI bilan qayta tekshirdim. Tavba qildim, bu so‘zni boshqa tilimga olmayman.
O‘zimizda shevada “onangni emgir” iborasini ishlatishadi. Mana bu juda qo‘pol yoki fahsh emas, hatto kulguli. Yana "jin ursin" "palakat" kabillar. Juda boʻlmasa shu kabi oʻzbekona va albatta faxsh boʻlmagan iboralarni ishlatishimiz mumkin.
Davomi bor...
Juda ochiq post boʻldi. Ammo muhim ogʻriqli mavzuligini inkor qilib boʻlmaydi. Iloji boʻlsa "узкий круг" larga ulashib qoʻying.Maqolaning davomida bu ehtiyoj islomda qanday hal etilgani haqida gaplashamiz. Islomiy iboralar bilan ruscha soʻkinishlarni bir maqolada jamlagim kelmadi.
Send as a message
Share on my page
Share in the group