1 week Translate
Translation is not possible.
1. Shayx - arab tilida chol, qariya degani. Bu huddi bizdagi eski shevamizda Abdullajon maxsum pochcha, Abdussomad qori dada, Muxsinjon qori dada kabi o‘ta chuqur hurmatni bildiruvchi so‘zning arabcha shakli. Ya‘ni biz Sizga qon bilan emas, ilm bilan ma‘naviy farzandmiz, degani aslida. Shayx ilmda barcha sohani jamlagan insonga ham masalan, Shayx Muhammad Sodiq, Shayx Muhammad Mansur kabi, yoinki bir sohani chuqur egallagan insonga ham Shayx Alijon qori kabi ishlatiladi.
2. Qori - bu quronni o‘quvchi insonga ishlatiladi. Ma‘nosi ham qiroat qiluvchi. Homil degan so‘z bor bu qur‘onni yodlagan insonga ishlatiladi.
3. Imom - oldinda turuvchi degani. Bu namozda eng avval turgani uchun ham imom, ilm eng peshqadami bo‘lgani uchun ham imom. Ilmdagi imom so‘zi ilmdagi shayx so‘zidan yuqoridir. Shayx o‘sha kungacha yetib kelgan barcha ilmlarni egallagan odam, imom esa egallab bo‘lib u ilmda yangi ufqlarni ochgan insondir.
4 muftiy - fatvo beruvchi, degani. Diniy masalalarda ummatga fatvo beruvchi odam muftiy bo‘ladi.
5. Ulamo - olimlar jamoasi. Bir sohadagi bir necha mutaxassis ulamo bo‘ladi.
6. Eshon - eski turk, eski forschada ular degani. Ya‘ni hurmatlab, ismini aytmay ular deb gapirishgan. U turkiy qavmlardan bo‘ladi va so‘fiy bo‘ladi. Eshonning ma‘nodoshi pir. Pir ham ota degani, aynan shayxning forschasi. Eshonlar yurtdagi tasavvufga javob berishadi va yagona bo‘lishadi. Ular vafot etishdan oldin keyingilarini saylab ketishadi. Eshonning arabchasi murshiddir.
shayx, qori, imom, muftiy, ulamo va eshon nomli toifalarining farqlari va vazifalarini tushuntirib beringizlar
va bu 6 toifa haqida ma'lumotlar yozib qoldiringizlar iltimos
oldindan rahmat
Send as a message
Share on my page
Share in the group