Translation is not possible.
“KONTENT QANCHALIK SAVIYASIZ BO‘LSA, UNING OBUNACHISI SHUNCHALIK KO‘P BO‘LADI”
Nisshening mashhur gapi bor: “Maxluq bilan kurashayotgan kishi o‘zi ham maxluqqa aylanib qolmaslikdan ehtiyot bo‘lishi shart. Va tubsiz chohga uzoq vaqt termulib tursang, choh ham seni kuzata boshlaydi”. Bu fikr “raqamli kontent mualliflari” deb ataladigan toifaga ham to‘la taalluqli.
Raqamli kontent mualliflari bilimli, fahm-farosatli, oq-qorani tanigan xos odamlar auditoriyasiga emas, aqli noqis, yig‘laydigan joyda kuladigan, kuladigan joyda yig‘laydigan, eng jo‘n gaplarni katta kashfiyot sifatida qabul qiladigan, estetik didi shakllanmagan, tuyg‘ulari tarbiyalanmagan, o‘z hayoti qolib “kumirlari” hayoti bilan yashaydigan va “olomonning sehrgari, afsungari”ga aylanib avomning aql-idrok darajasida fikrlay boshlashadi.
Bundaylar (bloger, jurnalist, boshlovchi, shou-biznes vakili, psixolog, motivator, vayner va hokazo) ning o‘zi ham avom odamning biri – o‘sha Nisshe aytgan tubsiz chohdagi maxluqqa aylanishadi.
Raqamli kontent mualliflari biroz jiddiy va dolzarb mavzularda “mulohaza” yurita boshlashlari bilanoq yetarli ma’lumotga ega emasliklari, gap-so‘zlari primitiv xarakter kasb etishi, malakasiz ekanligi kundek ravshan bo‘lib qoladi. Ammo ijtimoiy tarmoqlar algoritmlari avom-olomon manfaatiga, aniqroq aytganda ularning past ongiga ishlaydi. Olomon aql-idrokni o‘sishini emas, hissiyotlar junbushga kelishini xohlaydi. Shu bois masxarabozlik, fikrsizlik, yasamalik, tashqi yaltiroqlik, jo‘nlik olomonni xuddi go‘ng pashshasi to‘dasi axlatga tashlangandek o‘ziga rom etadi. Shu bois kontent qanchalik saviyasiz va olomonbop bo‘lsa uning obunachisi-yu kuzatuvchisi shuncha ko‘p bo‘ladi.
@kitob_ombori
Send as a message
Share on my page
Share in the group