Translation is not possible.
Suhbatdan...
"Avvallari ota-onalar bolalarini agronom bo'lsin, injener bo'lsin, texnolog bo'lsin, fermer bo'lsin der edi va shu sohalarda muammolar boshqalariga nisbatan kam kuzatilardi.
Hozir esa farzandim bankir bo'lsin, huquqshunos bo'lsin, yurist bo'lsin deydi. Kasb egallash yaxshi, lekin bu kasblar nima uchun kerakligida gap.
Bankir ko'paysa bank bilan bog'liq holatlar (foizli omonatlar, kredit) ko'payadi, odamlar bo'ynigacha qarzga botaverishi mumkin.
Advokat va yuristlar kim bilan shug'ullanadi? JInoyatchilar bilan emasmi? E'tibor bergandirsiz bu holatlarga, nega jinoyat va qoidabuzarliklar ko'payganiga..."
Balki u kasblarda pul topish yaxshiroqdir, ammo hayot undan iborat emasda. Boshqa kerakli kasblar ham ko'p. Mayli juda ko'p pul topmasin lekin insoniyatga foydasi tegishi o'sha topayotgan pullaridan ko'ra qadrliroq va ahmiyatliroqdir.
Fizik bo'lsin;
Ekolog bo'lsin;
Matematik bo'lsin;
Iqlimshunos bo'lsin;
Biolog bo'lsin;
Bu ilm bilan bog'liq kasblardir. Bu kasblar olimlik sari yetaklaydi. Bizga ana shunday olimlar kerak.
Bir kun kelib bizda ularga aniq ehtiyoj bo'ladi va topilmasa ular, biz bu yerlarni tashlab chiqib ketishimizga to'g'ri keladi...
Send as a message
Share on my page
Share in the group