Translation is not possible.
Liviyalik olim doktor Aliy Sallobiy haqiqiy musulmon bilan radikal musulmonning farqini ajoyib tushuntirib beribdi:
1.Haqiqiy musulmon o'z imoni bilan, radikal musulmon birovlarning imoni bilan mashg'ul bo'ladi.
2. Haqiqiy musulmon o'zining va boshqalarning jannatga kirishi uchun harakat qiladi, radikal musulmon boshqalarning do'zaxiy ekanini isbotlashga urinadi.
3. Haqiqiy musulmon kishilarning xato va toyilishlarini kechirish uchun uzr qidiradi.Radikal musulmon esa odamlarni jazolash va ularni gapirib yurish uchun ayblari va toyilishlarini axtarib yuradi.
 
Abdulqodir Samarqandiy "Qalblardan so'rang" kitobidan
Send as a message
Share on my page
Share in the group