Translation is not possible.
Bizda nikoh o‘qilishi alohida e’tibor bilan videotasvirga olinmas ekan. Bu g‘alati va, aslida, jiddiy xatolik. Axir to‘ydan ko‘zlangan maqsad — faqat nikohni e’lon qilish edi. Butun to‘y marosimidan birgina voqeani tasvirga tushirib, saqlab qo‘yish kerak bo‘lsa, bu aynan nikoh o‘qilishidir. Chunki aynan shu paytda kelin va kuyovdan va’dalar olinadi, mahr belgilanadi, eng muhimi — ijob va qabul orqali ilgari nomahram bo‘lgan ikki inson shar’an halol turmush o‘rtoqlarga aylanadi.
Hurmatli, ongli bo‘ydoqlar, bu xatolikni biz takrorlamasligimiz, aksincha tuzatishimiz kerak.
Yuqoridagi videoda Turkiyadagi odatiy nikoh marosimi koʻrsatilgan.
5 views
Send as a message
Share on my page
Share in the group