5 month Translate
Translation is not possible.
Ta’lim manhaji
من رام العلم جملة ذهب عنه جملة..
Kimki ilmning hammasini birdaniga o‘rganishni istasa, ilmning hammasidan quruq qoladi..
Oz vaqtda ilmning hammasini o‘rganib olaman, deya xomtama bo‘lgan talaba, ilmning hammasidan bebahra qoladi. Hech narsaga erishmaydi.
Imom Burhoniddin Marg‘inoniy rohimahulloh Hidoya asarlarini 13 (o‘n uch) yil mobaynida ro‘zador holda yozganlar..
Imom Buxoriy rohimahulloh Sahihul Buxoriyni 16 (o‘n olti) yilda, har doim tahorat va ikki rakat nafl namoz o‘qib, so‘ngra yozganlar..
Qur’oni Kariym ham 23 (yigirma uch) yilda nozil bo‘lgan...
Ilm kitoblari harfma-harf va kalima-kalima izohlab o‘rganiladi. Igna bilan quduq qazishga sabr-toqat, oliy-himmat, intizom va uzoq vaqt zarur. Shoshqaloqlik va puxtalik bir-biriga zid, hech qachon jamlanmaydi.
Ey tolibi ilm! Ilmning eng boshi sabrdir: kitobga sabr qilasiz, ustozga sabr qilasiz, yashayotgan shahringizga sabr qilasiz, hamdarslaringizga sabr qilasiz va hokazo..
Ilm olish lazzatiga erishgach, sabr maqomidan rozilik va muhabbat maqomiga o‘tib olgach hayotingiz mazmuni kitob va ustozlar suhbatiga aylanadi. Alloh taolo barchamizga foydali ilm bersin va ilm olishlikni oson qilsin..
العلم نور
Send as a message
Share on my page
Share in the group