Translation is not possible.
Sportchilarini yutuqlari uchun qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlaydigan davlatlar:
O'zbekiston, Rossiya, Qozog'iston, Malayziya, Taivan, Singapur, Gonkong, Vengriya, Kosovo, Estoniya, Ozarbayjon, Janubiy Koreya va yana ayrim mamlakatlar. Bular asosan mamlakatning iqtisodiy, ijtimoiy holatidan kelib chiqib mukofot belgilaydi. Bir qarashda normal holat. Lekin taqdim etilayotgan mukofotlar berayotganlarning cho'ntagidan emas, davlat byudjetidan ketadi. Davlat byudjeti esa soliq, bojlar va tabiiy boyliklar asosida shakllanadi. Ayrimlar futbolchilarimiz jahon chempionatiga chiqib qancha pul ishlashiniyu, turizm, O'zbekiston brendiga qo'shadigan xissalarini katta sanashyapti. Meksika, Panama, Chili, Kolumbiya, Venesuella va birqator Afrika davlatlari. Qaysi biri turizm yoki brend sabab iqtisodi gullab yashnayapti? Barchasida yalpi ichki mahsulotning katta ulushi turizmga to'g'ri kelmaydi. Futbolchilarimizga berilayotgan avtomobillar sal kam 1.5 million dollar. Ular klublarida oladigan maoshlari esa doktor, professorlarnikidan bir necha barobar ko'p. Biz kimni, nima uchun rag'batlantirishimiz kerak? Abgor yo'llar, talabga javob bermaydigan infratuzilma, ta'lim, hammasi ikkinchi darajali ishlarmi?
#tavsiya
Send as a message
Share on my page
Share in the group