Translation is not possible.
Erkakmiz deymiz tilda
Vaqo ham yōq amalda
Qolib ketding qamalda
Kechir bizni, mazluma.
Imom kōksida nishon
Shukr qil deydi Eshon
Sendan ham zaifmiz, ishon
Kechir bizni, mazluma.
Haq gapirgan qamoqda
Boycott mollar tomoqda
Sen yuribsan yamoqda,
Kechir bizni, mazluma.
Vayrona bōldi eling
Titilib yotar tering
Uyquda hamon shering
Kechir bizni, mazluma.
Omi xalqim xotirjam
Ōtdi mana bahor ham
"Ğazolik ōlsa - ne ğam?!"
Kechir bizni, mazluma.
Yozdik dasturxon, omon
"Iymonimizga yōq gumon"
Non uzatmadik sen tomon
Kechir bizni, mazluma
Kōz yoshing ham qolmagandir
Arabshoxlar laganbardor
Xursan, senda bor-ku mador
Kechir bizni, mazluma
Bilmayman, ne qilarimni,
Qilolmayman bilarimni,
Ovutyapman yuragimni,
Kechir bizni, mazluma.
Nusrat yaqin, inshaAlloh
Olam hali bōlar guvoh
Zolim joyi bōlsin dōzox
Kechir bizni, muslima..
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group