Translation is not possible.
SURAT
Dunyoning ishlari doim shoshilinch. Odatdagidek tik turgancha nonushta qilayotgan edim. Onam odatdagidek qistardi:
– O‘tirsang-chi, bolam. Bir pas o‘tirgin.
– Bo‘ldi, ketdim.
– Shoshma, bolam, – onam ko‘zimga odatdagidan boshqacharoq, qandaydir mung bilan termildi. – Gap bor.
Tipirchilab soatga qaradim: hali benzin olish kerak, ishga borish kerak, keyin nashriyotga o‘tish...
– Nima edi?
Onam ko‘zimga hanuz mayus termilib o‘tirardi.
– Suratga tushaylik, – dedi to‘satdan.
Ajablandim.
– Nega?
– Yaqinda men o‘laman.
Onam bu gapni xuddi «Qo‘shninikiga chiqib kelaman», degandek ohangda aytdi. Kulib yubordim.
– Qo‘ysangiz-chi, oyi.
Shunday dedim-da, chiqib ketdim.
Oradan ikki hafta o‘tdi-yu...
Kechalari uyg‘onib ketaman, o‘ylayman. O‘ylayman: Sen nomard, sen ahmoq! Nima uchun, nima uchun o‘shanda kulding? Suratga tushishga vaqting yo‘qmidi? Kerak bo‘lsa topasan-ku! Kitob uchun, jurnal uchun, ish ustida, bog‘da, ko‘chada... Nima, sen kinoyulduzmisan? Jahonshumul shaxsmisan? Ana, bir dasta surating yotibdi. Har xil. Har yerda... Faqat... Onang bilan tushgan surating yo‘q!
O‘tki̇r Hoshimov
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group