UMMA TOKEN INVESTOR

Followings
0
No followings
Translation is not possible.
SURAT
Dunyoning ishlari doim shoshilinch. Odatdagidek tik turgancha nonushta qilayotgan edim. Onam odatdagidek qistardi:
– O‘tirsang-chi, bolam. Bir pas o‘tirgin.
– Bo‘ldi, ketdim.
– Shoshma, bolam, – onam ko‘zimga odatdagidan boshqacharoq, qandaydir mung bilan termildi. – Gap bor.
Tipirchilab soatga qaradim: hali benzin olish kerak, ishga borish kerak, keyin nashriyotga o‘tish...
– Nima edi?
Onam ko‘zimga hanuz mayus termilib o‘tirardi.
– Suratga tushaylik, – dedi to‘satdan.
Ajablandim.
– Nega?
– Yaqinda men o‘laman.
Onam bu gapni xuddi «Qo‘shninikiga chiqib kelaman», degandek ohangda aytdi. Kulib yubordim.
– Qo‘ysangiz-chi, oyi.
Shunday dedim-da, chiqib ketdim.
Oradan ikki hafta o‘tdi-yu...
Kechalari uyg‘onib ketaman, o‘ylayman. O‘ylayman: Sen nomard, sen ahmoq! Nima uchun, nima uchun o‘shanda kulding? Suratga tushishga vaqting yo‘qmidi? Kerak bo‘lsa topasan-ku! Kitob uchun, jurnal uchun, ish ustida, bog‘da, ko‘chada... Nima, sen kinoyulduzmisan? Jahonshumul shaxsmisan? Ana, bir dasta surating yotibdi. Har xil. Har yerda... Faqat... Onang bilan tushgan surating yo‘q!
O‘tki̇r Hoshimov
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
Ushbu rasmni ko‘rgach birinchi bo‘lib mo‘minlarning xayoliga bir narsa, mo‘minalarning xayoliga boshqa narsa keladi. 🙂
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
Baxting shartlarini kamaytirsang, uning sabablari koʻpayadi.
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
Tilda taqvo,
Qalbda hech vaqo.
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
23 yoshli, oyoqlari tugʻma shol, nogironlar aravachasida yurgan bir bola qabulimga keldi. Orqasiga yiringli yara toshgan ekan.
Yaralariga igna yordamida dori qoʻydim, bir tarafdan esa kesib, yiringini tozalayapman.
Oʻzimcha bu yosh yigitni daʼvat qilgim keldi.
Juda ham xushchaqchaq yigit edi. Hech siqilish, alamzadalik, holidan shikoyat yoʻq.
– Sen tugʻma sholmisan? - dedim.
– Ha, - dedi.
– Demak hech yurmading, yugurmading, oʻynay olmading shundaymi? - dedim.
Yigit savolimni eshitmaganga oldi.
Men ham boʻsh kelmadim. Bu safar moʻljalni aniq oldim.
– Hamma arzimagan narsalar uchun qattiq asabiylashadi, masalan, telefonim eski, buzuq deydi.
Erim bilan tortishdik, deydi. Xotinim arazlayveradi, bolam yigʻloqi, deydi. Narxlar qimmat, deydi. Pulim yoʻq, ishlarim yurishmayapti, deydi.
Boʻlar-boʻlmas narsalarni dard hisoblaydi. Sen esa shuncha darding bilan hech narsa demayapsan,- deb gapimni tugatmasimdan, yigit:
“Men ketishni xohlayman, dori qoʻyishni toʻxtating”, deya xonamdan chiqib keta boshladi.
Men yana boʻsh kelmadim.
Sababini soʻradim.
Shunda yigit meni yiqitgan javobni berdi:
— Sen robbim bilan oramni buzishga harakat qilyapsan. Meni neʼmatlarga koʻmgan Robbim faqatgina oyoqlar bermadi. Va bu bilan meni imtihon qilyapti. Men aqlimni tanigan kunim Robbimga soʻz berganman. Robbimdan hech kimga shikoyat qilmayman. Uning taqdirini ayblamayman deb. Sabrim evaziga jannatini beradigan Zotdan senga shikoyat qilmayman, - dedi
Besh mingta jarrohlik amalyoti oʻtkazdim. Biror marta pichoq yoki qaychim qoʻlimdan tushib ketmadi.
Ammo bu yigitni gapidan soʻng qoʻlimdagi asboblar yer bilan bir boʻldi. Birinchi marta kasal emas, hayajondan men titrayotgan edim.
Bu safar yordamga muhtoj kasal men edim.
Shundan keyin qachon dunyo tashvishlari mahzun qilsa, siqilsam, asablarim oʻzimga boʻysunmasa unga shunday deyman:
“Tugʻma shol, oʻsha holida ham Robbidan shikoyat qilgani hayo qiladigan yigit esingdami, ana unda sen ham dardlar, sinovlar evaziga jannatni beradigan, Jannatning Egasidan shikoyatchi boʻlma!”
Meni koʻzimga bechora koʻringan, nasihat qilaman, Allohni eslataman deb bel bogʻlagan kasalimdan bir umrlik nasihatni, unutilmas darsni olganman. Asl bechora oʻzim ekanman…
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group