Markaziy bank hisob-kitoblariga ko‘ra, 2020-yil yakunida mamlakatda muammoli kreditlar jami 5,8 trillion so‘m bo‘lgan. 2021-yil oxiriga kelib, mazkur miqdor deyarli uch barobarga — 17 trillion so‘mgacha oshgan. Keyingi o‘sish to‘lqini 2024-yilga to‘g‘ri kelgan. O‘tgan yilning 1-yanvarida muddati o‘tgan kreditlar 16,6 trillion so‘m edi. Bir oy ichida mazkur ko‘rsatkich 20 trillion so‘mgacha chiqqan, may oyi avvalida esa 23,3 trillion so‘mgacha o‘sgan.
Avvalroq Markaziy bank masʼuli muammoli kreditlarning 25 foizi jismoniy, 85 foizi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar hissasiga to‘g‘ri kelishini maʼlum qilgandi.
Hisob-kitoblarga qaraganda, davlat dasturlari uchun berilgan kreditlardan qaytarilmayotgan qismi ham sezilarli yuqori. Masalan, 2024-yil yakunidagi umumiy 21,2 trillion so‘mlik muammoli kreditlarning 1,3 trillion so‘mi “Oilaviy tadbirkorlik” dasturi uchun berilgan. Dasturga yil davomida yo‘naltirilgan kreditlarning 8 foizi muammoga aylangan.
Manbaa:
Daryo.uz