Translation is not possible.
👫 Bir oilada bir turdagi kasallik
 
👨‍⚕️Adrenal giperplaziya (ВДКН) viril shakli.
 
🔬Ushbu kasallik steroid gormonlar biosintezining buzilishi (asosan 21-gidroksilaza nuqsoni) Glyukokortikoidlar yetishmasligi va Androgenlarning oshishi kuzatiladi.
 
❗️Belgilari:
 
🧍‍♀️Ayollarda: Tug‘ilganda tashqi jinsiy a’zolarning inters*ksual tuzilishi (jins aniqlash qiyinchilik bo'lishi), klitoromegaliya, bolalik davrida o‘g‘il bolalarga xos xarakter va xususiyatlarning shakllanishi.
 
🧍Erkaklarda: Tug‘ilganda aniq belgilar bo‘lmasligi mumkin, ammo erta jinsiy yetilish, mushaklarning rivojlanishi, o‘sish tezlashishi va suyak epifizlari erta yopilishi.
 
👆Yuqoridagi rasimda
 
🧍‍♂️O'g'il 10yoshda tengdoshlariga nisbatan erta balog'atga yetilgan (organizm Taner bo'yisha 16yoshda),
Bo'yi 156sm. Afsuski tashxis kech aniqlangani sababli bo'y endi o'smaydi.
 
🧍‍♀️Qizaloqa muolaja boshlangan hozirda ahvoli ancha yaxshilangan.
 
☝️Kasallik qancha erta aniqlansa davolash va yaxshi natijaga erishish oson bo'ladi.
 
👉Telgram kanal
https://t.me/dr_murod_endokrinolog
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group