Doctor Murod Profile Picture
UMMA TOKEN INVESTOR

Followings
0
No followings
Translation is not possible.
🤷‍♀Ota-Ona shikoyati: qov sohasida tuklanish, klitir kattalashishi (o'g'il bolaga o'xshab qolishi)
 
🧍‍♀Qizaloq 4yoshda
Bo'y: 112sm SDS-2.41 (baland)
Vazn: 22.5kg SDD-2.17 (ko'p)
 
🔬Labarator tekshiruvlarda:
17-ОН- 17.14 (норма- 0-2.32),
Кортизол- 4.44 (норма- 5.92-19.98)
Тестостерон –1.47 (нор-0.06-0.82)
 
📍Tashxis: Adrenal gioerplaziya (ВДКН) oddiy viril shakli.
 
❗️Ushbu kasallikni o'z vaqtida aniqlanib davolanmasa:
 
‼️Qiz bolalar tashqi tomondan o'g'il bolaga "aylanib" qolishi mumkun.
 
‼️O'g'il bolalar erta balog'atga yetib o'sishdan to'xtaydi.
 
👉Telegram kanal.
https://t.me/dr_murod_endokrinolog
Telegram: View @dr_murod_endokrinolog

Telegram: View @dr_murod_endokrinolog

Саволлор: https://t.me/endokrin_savol_javob Мурожаат: @MurodMirzaliyev
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
TUG'MA GIPOTIREOZ
 
👨🏻‍⚕️Tug‘ma gipotireozda kasallik erta aniqlansa va kech aniqlansa, klinik belgilarida sezilarli farqlar bo‘ladi
 
👫1-bola 1.5oy, 2-bola 1yosh bo'y-61sm, vazn-6.5kg
 
☝️Ikkala bolada birxil vaqtda tashxis aniqlandi. 1.5oylik va 1yashar bola vazini va bo'yidagi farq katta emas
 
🟢 Erta aniqlash (neonatal skrining orqali) – aqliy va jismoniy rivojlanishdagi asoratlarning oldini oladi.
 
🔴 Kech aniqlash – og‘ir nevrologik va somatik oqibatlarga olib keladi
 
😢 2-bolada tug'ma gipoterioz belgilari yaqqol namoyon bo'lishiga qaramasdan, boshqa soha mutaxasislarida muolaja olib turgan. Afsuss foyda bermagan.
 
Quyidagi shikoyatlar bo'lganda.
 
👉 Muddatinan o'tib tug'ilish
👉 Yuqori vazin bilan tug'ilish
👉 Ich qotishi
👉 Teri quruq,
👉 Fiziologik sariqlik cho'zilishi
👉 Kindik grijasi
👉 Tili og'iz bo'shlig'idan chiqib turishi....
 
⚠️ Darhol ENDOKRINOLOG shifokorga murojaat qiling.
 
👉 Telegram
https://t.me/dr_murod_endokrinolog
image
image
image
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
🧬 Embrional davrdagi yupqa sochlarning ortiqcha o'sishi
 
👨‍⚕️Congenital Hypertrichosis Lanuginosa (CHL) — bu juda kam uchraydigan tug‘ma genetik holat bo‘lib, unda bemorda tana bo‘ylab giperlanugo (ortiqcha lanugo sochlar) rivojlanadi.
 
🔬Etiologiyasi:
🩸Odatda autosom-dominant yo‘l bilan irsiylanadi, ya'ni ota-onalardan birida genetik mutatsiya mavjud bo‘lsa, bolada ham bo‘lish ehtimoli yuqori.
⁉️Aniq genetik sababi to‘liq aniqlanmagan, lekin ba'zi hollarda genetik mutatsiyalar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
 
🧍Klinik ko‘rinishi:
 
➡️Sochlar butun tanada, ayniqsa, yuz, quloqlar, orqa, qo‘l va oyoqlarda o‘sadi.
➡️Tug‘ilgandan boshlab yoki neonatal davrda boshlanadi.
➡️Tana bo‘ylab nozik, uzun va yumshoq sochlarning ortiqcha o‘sishi.
➡️Ayrim bemorlarda boshqa tug‘ma anomaliyalar yoki sindromlar bilan birga bo‘lishi mumkin.
 
💊Spesifik davosi mavjud emas, lekin kosmetik va estetik maqsadlarda muolajalar o‘tkazilishi mumkin:
 
👉Telgram kanal:
https://t.me/dr_murod_endokrinolog
image
image
image
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
👨‍⚕️Adrenal giperplaziya (ВДКН)ning viril og‘ir tuz yo‘qotuvchi shakl
 
🧬 Ushbu kasallik steroid gormonlar biosintezining buzilishi. Kortizol va Aldosteron sintezi buziladi, bu esa tuz yo‘qotish, yuqoridagi shikoyatlar bilan kechadi.
 
❗️Belgilari:
 
🟢 Neonatal davr (yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda):
 
✔️ Og‘ir, umumiy holsizlik, ishtahaning pasayishi.
✔️ Qusish, diareya, degidratatsiya (suyuqlik yo‘qotish).
✔️ Arterial gipotenziya (past qon bosimi).
✔️ Giperkalemiya, gipokaltsiemiya
✔️ Tuz yo‘qotish natijasida gipotermik va kollaps holatlar rivojlanishi mumkin.
 
🔴 Giperandrogenemiya alomatlari:
 
🧍‍♀️ Qiz bolalarda – tug‘ilganda genital ambiguite (klitoromegaliya).
 
🧍‍♂️O‘g‘il bolalarda – penis kattalashishi, moyaklar yoshga mos rivojlanmaganligi
 
Ota-Ona yuqoridagi shikoyatlar bilan kelgan, (tugʻruqxona jins anilash qiyinchlik tugʻdirgan, Kariotyp tekshirilgan)
 
🔬 Tekshiruv va labarator tahllilrda so'ng muolaja boshlangan.
 
⬆️ Qizaloqada hozirda shikoyatlar kamayib, ahvoli ancha yaxshilangan.
 
👉🏿Telegram kanal
https://t.me/dr_murod_endokrinolog
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.
👫 Bir oilada bir turdagi kasallik
 
👨‍⚕️Adrenal giperplaziya (ВДКН) viril shakli.
 
🔬Ushbu kasallik steroid gormonlar biosintezining buzilishi (asosan 21-gidroksilaza nuqsoni) Glyukokortikoidlar yetishmasligi va Androgenlarning oshishi kuzatiladi.
 
❗️Belgilari:
 
🧍‍♀️Ayollarda: Tug‘ilganda tashqi jinsiy a’zolarning inters*ksual tuzilishi (jins aniqlash qiyinchilik bo'lishi), klitoromegaliya, bolalik davrida o‘g‘il bolalarga xos xarakter va xususiyatlarning shakllanishi.
 
🧍Erkaklarda: Tug‘ilganda aniq belgilar bo‘lmasligi mumkin, ammo erta jinsiy yetilish, mushaklarning rivojlanishi, o‘sish tezlashishi va suyak epifizlari erta yopilishi.
 
👆Yuqoridagi rasimda
 
🧍‍♂️O'g'il 10yoshda tengdoshlariga nisbatan erta balog'atga yetilgan (organizm Taner bo'yisha 16yoshda),
Bo'yi 156sm. Afsuski tashxis kech aniqlangani sababli bo'y endi o'smaydi.
 
🧍‍♀️Qizaloqa muolaja boshlangan hozirda ahvoli ancha yaxshilangan.
 
☝️Kasallik qancha erta aniqlansa davolash va yaxshi natijaga erishish oson bo'ladi.
 
👉Telgram kanal
https://t.me/dr_murod_endokrinolog
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group