Translation is not possible.

UMID...

Umid degan tuyg‘uni oldin yoqtirmas edim chunki manda ko‘p edi bu tuyg‘udan. Umid qilib, bo‘lishiga ishonib turganim o‘xshamay qolsa bundan yomoni yo‘q, o‘zimni yomon his qilardim. Ammo ulg‘ayib bildimki umidli kishi (bu o‘rinda \"optimist\" atamasiga to‘g‘ri kelarkan) bo‘lishning yaxshi tomonlari shunchalik ko‘p ekanki, yomon tomonlari ko‘rinmay qoladi.

Har narsadan yaxshilikni umid qilishning qanaqa yomon tomonlari bo‘lishi mumkin?

1) Noshukur (negativchi, pessimist) lar sizni dushman deb bilishadi.

2) Kimdir yoki nimadir umidlaringizni oqlamasa og‘ir ta’sir qiladi, tushkunlik (depressiya) ga tushasiz, ishonmay qo‘yasiz.

Man bilganlarim faqat shu xolos. Aslida haqiqiy umidli kishi tushkunlikka tushmaydi. Aqlli bo‘lsa noshukur kishilar bilan bahslashmaydi. Dunyo sinovlaridan hikmat izlaydi. Umidi al-Hakim zot, Allohda boʻladi, oxiratdagi xayriyatlarda boʻladi. Umidli boʻlishning ijobiy tomonlari ham shu.

Yana man sezgan yaxshi tomonlaridan biri fikrida qatʼiy boʻladi. Iymoni mustahkam boʻladi. Hech kim unga ishonmaganda ham harakatga kuch topa oladi. Hamma narsasini yoʻqotganda ham sinib qolmaydi.

UMIDLI KISHI TASLIM BOʻLMAYDI.

Musulmon kishiga aqlli va hushyor boʻlgan holda, har qachon yaxshilik umid qilib yurish yarashadi. Paygʻambarimiz Muhammad Mustafo (s.a.v) da bu borada ham bizga go‘zal oʻrnaklar bor. Toyibdagi daʼvatlaridan qay holatda qaytganlarini eslaylik. Hech bir taʼmalarsiz, faqat yaxshilikka chaqirganlari evaziga yosh bolalarga tosh boʻron qildirib quvishgan. Jarohatlanganlar, oyoq kiyimlari qonga toʻlgan. Alloh ulugʻ farishtasini yuborib, agar Rosululloh (s.a.v.) xohlasalar bu noshudlar shahrini togʻlar ostida qoldirishini aytganida U zot qanday javob berganlarini eslaylik. Duolarida shu maʼnodagi jumla bor edi \"umid qilamanki bularning zuryodlaridan haqga hizmat qiladigan kishilar chiqadi\" Va Alloh Habibini gumonlarini oqlab berdi.

https://t.me/abd_suvsar

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group