Translation is not possible.

#nazm

Tashqarida sovuq, qishning nafasi,

Shamol shabbodamas, endi izgʻirin.

Bu sarson yuragim — she\'rlar qafasi

Va sahro — intizor kutgan yomgʻirin.

\"Yaxshi dam oling\"ga hojat yoʻq endi,

\"Issiq kiyining\"dan muddao nima?

Diydormas, ajralmoq zamoni keldi,

Qoʻy endi bularni, ahmoq koʻnglima!

Yozgan she\'rlarimning ustidan kuling,

Bu bir ishq ertagi, ishq safsatasi.

Faqat oʻzingizni ehtiyot qiling,

Tashqarida sovuq, qishning nafasi...!

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group