Translation is not possible.

To'ylarimiz xarajati qisqarsa, bir necha yuz kishi bilan emas, 50-60 ta odam bilan o'tkazilsa nima bo'ladi?

Katta-katta to'yxonalarga bo'lgan talab kamayadi. Shuningdek oziq-ovqat, meva-sabzavotlarga, turli xil yemaklarga bo'lgan ehtiyoj ham. Bu albatta ayrim sohadagi tadbirkorlar uchun yaxshigina yo'qotish bo'ladi.

Ammo boshqa tarafda ortiqcha mablag'ga ega iste'molchilar paydo bo'ladi. Ho'sh ular bu mablag'ini nima qiladi?! Sandig'iga solib qo'yadimi?! Yo'q albatta. Endi ular to'y-u marakalarga yillab pul yig'ish kerak emasligini tushunadilar. Endi ularda sayohat qilishga, sog'ligiga e'tibor berishga, farzandlarini qimmat bo'lsa ham sifatliroq ta'lim olishlariga, jilla qursa uyidagi sharoitlarni yaxshilashga imkon topadi. Tadbirkorlar ham endi minglagan kishini qornini to'ydirish-u ular uchun kattakon to'yxonalar qurishni emas, balki boshqa foydaliroq bo'lgan yo'nalishlarga e'tibor qaratadi. Qarabsizki butun umrini to'y qilish-u odamlarni qornini to'ydirish uchun chetda, oiladan uzoqda o'tkazuvchi millatdoshlarimiz endi o'zlari uchun yashay boshlaydi.

( Bular shunchaki shaxsiy qarash. Nimadir uchun tajovuz emas.)

Send as a message
Share on my page
Share in the group