Translation is not possible.

#qorboshilar #istiqlolchilar #tarix

Ibrohimbek Qo\'rboshi. 2-qism.

Qo‘rboshining tergovdagi ko‘rsatmalarida Anvar posho kelganida uni 90 nafar askari bilan qurolsizlantirganini, so‘ng muzokaralar natijasida Anvar poshoning rahbarligini tan olgani qayd etilgan. Anvar posho 1922 yilning avgustida bo‘lib o‘tgan qizil armiyaga qarshi jangdagi mag‘lubiyatda askarlarining katta qismidan ajralib, Afg‘onistonga chekinayotganida halok bo‘ladi.

“Ibrohimbekni Anvar poshoni bir necha kun hibsda saqlagan, jadidlar vakili Usmonxo‘jani tan olmagan, shuningdek, milliy ozodlik harakati yetakchilari bo‘lgan qo‘rboshilar Muhammadaminbek, Shermuhammadbekning takliflarini qabul qilmagan, kuchlar birlashtirilishiga yo‘l qo‘ymagan, Buxoro amiridan boshqa birovni tan olmagan johil va o‘jar inson sifatida tanqid qiladiganlar ham bor.

(Bu ma\'lumot sovet uydurmasi bo\'lishi mumkin)

Farg‘ona vodiysida tinchlikka erishgan sovet hukumati asosiy kuchlarini Tojikiston va O‘zbekistonning tog‘li viloyatlariga yo‘naltirib, Ibrohimbekka qarshi kurashni avj oldiradi.

1926 yil 21 iyunda keskin janglardan so‘ng Ibrohimbek Afg‘oniston hududiga o‘tib ketishga majbur bo‘ladi. 1926–1929 yillari Kobul yaqinidagi Qal’ai Fotuda sobiq amir Said Olimxon qarorgohida yashaydi.

Biroq Ibrohimbek boshchiligidagi muhojirlar Afg‘onistondagi siyosiy kurash, harbiy mojarolarda ishtirok etishga majbur bo‘ladi.O‘z amirining bu qadar ojiz ahvolga tushishi, ayniqsa, Shimoliy Afg‘onistonga sho‘rolar zulmidan qochib kelayotgan yuz minglab muhojirlarga sovet josuslari qutqusi bilan afg‘on harbiylari tomonidan zulm o‘tkazilayotganiga Ibrohimbek chiday olmaydi. Yigitlarini to‘g‘ri afg‘on armiyasiga qarshi jangga boshlaydi. “Ibrohimbek o‘z askarlari bilan kimgadir tobe bo‘lishni tasavvuriga ham keltirmagan. O‘z amirini afg‘on amiri oldidada mute holatda ko‘rgan Ibrohimbek bunga chiday olmaydi. 1928 yilda shimolga ketib, dastlab Aylobodda afg‘on amirining 500 kishilik qo‘shinini yo‘q qiladi. Keyinchalik Chayab atrofidagi bir necha janglarda afg‘on qo‘shinini tor-mor keltirib, deyarli butun shimoliy Afg‘oniston hududida o‘zining hokimiyatini o‘rnatadi.

Yuzaga kelgan vaziyatdan tashvishga tushgan sovet hukumati 1929 yilning so‘ngida Mozori Sharifga yurish qiladi. Bu paytda hokimiyatga kelgan afg‘on amiri Nodirshoh sho‘rolar bilan til biriktirib, Buxoro amiridan ochiqchasiga o‘z harbiylarini mamlakat hududidan chiqarib yuborishni talab qiladi.

”1930 yil 24–25 may kunlari qo‘rboshilar qurultoyi chaqirilib, bo‘lg‘usi jang harakatlari va chegaraning turli nuqtalaridan Tojikiston hududiga o‘tish masalalari kelishib olinadi. Ibrohimbek SSSRga qarshi yalpi hujum muddati qilib 3 iyul kunini belgilaydi. Biroq josuslar orqali bu rejadan voqif bo‘lgan sovet rejimi rahbarlari zudlik bilan qarshi zarba uyushtiradi.12 iyunda Oqbosh tog‘idagi so‘nggi jangda Ibrohimbek qo‘shini mag‘lubiyatga uchraydi.1931 yil 23 iyun kuni Kofarnihon daryosini kechib o‘tishda Ibrohimbekning holdan toygan askarlari qizil armiyaning Muqum Sultonov boshchiligidagi maxsus guruhi pistirmasiga duch keladi.

Qo‘rboshi jangda yaralanib, asirlikka olinadi. Uni qo‘lga olishda mashhur o‘zbek generali Sobir Rahimov ham ishtirok etgan va keyinchalik qizil yulduz ordeni bilan taqdirlangan. 42 yoshli Ibrohimbek maxsus soqchilar nazoratida Toshkent shahriga olib ketiladi.

1931-yil 30-avgust kuni Ibrohimbek Qo\'rboshi 42 yoshida Toshkentda sud tomonidan o‘tuv hukmi chiqariladi.

📓Manbalar: Tarixchi Bahrom Irzayev, islom enkslopediyasi turkcha, Nurbek Alimov...

https://t.me/Turakurgoniy

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group