Translation is not possible.

#xotira Zilzila oqibatida shahid boʻlgan musulmon turk birodarlarimizni eslab yozildi.

#anglash.!

Nega aynan Shvetsiyada Qur\'onni yoqish \"musobaqasi\" ketayotganda Turkiyada koʻz koʻrib, quloq eshitmagan darajada olamshumul mudhish voqea yuz berdi?!

Ahir Turkiya borini berib Shvetsiyani azo boʻlishdan qaytarib turgan ediku. Ahir sultonlar Sultoni bu bilan kofirlarga \"battar boʻl\" deyishiga sharoit yaratib berdiku. Musulmonlarni, islomni pastga urilgandek koʻrsatib qoʻydiku. Kofirlarga mana senga \"mukafot\" deb iymon egalarining ustidan rosmana kulib, magʻzava agʻdarishiga yoʻl qoʻyib berdiku.

Nega bunday boʻldi, sultonlar Sultonining rejasa juda murakkab, anglab boʻlmas va mukammalligidan buni bila olmay qoldim.

Ammo bugun, bir maqol esimga tushib ketdi va ozgina boʻlsa ham Oʻzining izni bilan Uning bu mukammalligining siridan oz boʻlsada voqif boʻldim. Alhamdulillah.

Bilasizki, bizda begonaning bolasini urilmaydi degan gap bor, bu gapmi yoki maqolmi, xullas, gap bu haqida emas.😅

Alloh balki kofirlarni oʻz holiga tashlab qoʻygani uchun, \"oʻlib ketmaysanmi\" degandek ularning xursand boʻlishlari uchun va yana ham battarroq kufrga ketishlari uchun imkoniyat qilib bergandir. Lekin, aksincha musulmon birodarlarimiz boʻlmish turklarga esa, hoy, oʻzingni toʻgʻirlab ol, senga ne\'matlarimni batamom qilib bermoqchiman, togʻri yoʻldan adashma, men buni xohlamayman deb ba\'zi qolgan gunohlarini ham yuvmoq niyatida (yana ham oliyroq darajalar, rohatlar uchun) bu bizning koʻzimizga Allohning azobi, iqobi boʻlib koʻringan, aslida mukafot, muhabbat boʻlgan zilzilani (poklashni) yuborgan boʻlsa ne ajab...🍁

Xulosa: Bolani yuvintirish, uning(bolaning) nazdida yuvintirayotgan shaxsdan kelayotgan azob, asli esa bu poklash, tuzatish, e\'tiborsiz boʻlmaslikdir. Poklash, tuzatish, e\'tiborli boʻlish mehr-muhabbatning aynan oʻzidir.

Duo: Alloh Turkiyadagi va boshqa barcha shahid boʻlgan birodarlarimizning darajalarini Oʻziga yetkaza oladigan miqdorda oliy qilsin. Omin.

Post foydali boʻladi, biznillah.

Send as a message
Share on my page
Share in the group