Translation is not possible.

#қитъа

“Badoye’u-l-vasat”dagi 33-qit’a

Xo‘bkim shamoyilida onsiz bo‘lg‘ay, ani suratqa tashbih qilibdurki, jonsiz bo‘lg‘ay

Xo‘bkim, yo‘qtur shamoyil birla shirin so‘z anga,

Saydi bo‘lmas el, nechakim bo‘lsa zebo suvrati.

Xil’atin zarbaft debodin gar etsun bil yaqin,

Kim namudor ichradur zarbaft debo suvrati.

Lug‘at:

Xo‘b – chiroyli, go‘zal;

Shamoyil – xulq, axloq;

Sayd – ovlamoq, o‘ziga tortmoq;

Xil’at – hashamatli kiyim, sarpo;

Namudor – ko‘rinishli, ko‘rinib turgan;

Debo – nozik va nafis naqshlar solib to‘qilgan ipak mato.

Nasriy bayon:

Chiroyli husn sohibining axloqi go‘zal bo‘lmasa, uni jonsiz suratga tashbeh qiladilar

Chiroyli husn sohibida go‘zal axloq va shirin so‘z bo‘lmasa, ko‘rinishi har qancha zebo bo‘lsa ham, el unga ko‘ngil bermaydi.

Bilki, bu kabilar zarbaft ipakdan hashamatli kiyim kiydirilgani bilan nozik mato suratidan o‘zga narsa emas.

Badiiy san’atlar:

Kalomi jome’ – nasihat;

Baroati istehlol – she’r boshida mazmunga ishora;

Takrir – zarbaft debo;

Tanosib – zarbaft debo, xil’at;

Tazod;

Tashbeh – fe’l-atvori yaxshi bo‘lmagan go‘zallar jonsiz suratga o‘xshatilgan.

Xulosa: go‘zal xulq va shirin so‘z sohibi bo‘lish targ‘ib qilingan.

Odiljon Rahmatulloh,

PhD, dotsent

KANALGA ULANISH:

👇👇👇

https://t.me/navoiyshunoslik_rasmiy

Telegram: Contact @navoiyshunoslik_rasmiy

Telegram: Contact @navoiyshunoslik_rasmiy

Nazm ahli jahon bazmida yuz ming yana beshak, Ul zumra aro sarvari alosi Navoiy Kanaldan malumot olganda manbani ko‘rsatishni unutmang https://t.me/Avaznazarov
Send as a message
Share on my page
Share in the group