Translation is not possible.

"Ko‘z yumish"

Bir kuni ilon duradgorning ustaxonasiga sizib kiribdi.

Duradgor o‘tkir tig‘li asboblarini ochiq qoldirgan ekan. Ilon uning ustidan o‘tayotib terisi ozgina tilinib ketibdi.

Shunda tabiiyki, birdan o‘girilib tig'ni tishlab endi og‘zi ham yirtilibdi.

Shunda ilon unga hujum bo‘layotganini gumon qilib tig'm'ni atrofiga o‘ralib uni bug'moqchi bo‘libdi.

Ammo, uni bug'gan sari o‘zining jasadini tilka-pora qilib oxiri o‘sha yerda jon beribdi..

Qissadan xissa, kishi ko‘pincha uni atrofidagilar jarohatlayotgandek ko‘rinadi. Lekin u o‘zini o‘zi jarohatlayotgan bo'ladi.

Buning sababi kishida "beetiborlik" yetishmasligida..

Ozgina "tilingan" jarohatga sabr qilmaslik jasadni tilka pora bo‘lishigacha olib boradi.

Kishi g‘azab paytida birovdan ko‘ra o‘zini ko‘proq jarohatlaydi

Kishi hasad paytida ham birovga emas o'ziga zarar beradi

Yusuf alayhissalamni akalar va tojirlar qul qilib sotganda indamay qul bo‘lib ketdilar. Nega akalarga ham, tojirlarga ham, u kishini sotib olganlarga ham hurligini aytmadilar?

Chunki, qullikka ko‘z yummasalar akalaridan bundan yomonroq jinoyatlar (qotillik) sodir bo'lishi aniq edi.

Ayol fitna qilib qamatganda ham qamalib ketaverdilar. Chunki, qamalmasalar bundan yomonroq jinoyatlar (fahsh-munkar) sodir bo'lishi kerak edi.

Oldingga qo‘ygan maqsadlaring uchun hayotda qolishni istasang ko‘p kishilar, hodisalar, gap-so‘zlarni ko‘rmaslikka olishing kerak. Qarshingdan chiqqan har qanday kishiga, hodisaga, gap-so‘zlarga to'xtayversang hech qachon manzilga yeta olmaysan.

Ammo bular bilan hisoblashish vaqti ham albatta keladi.

Shuning uchun Alloh taolo quduqda yotgan Yusuf alayhissalamga aytgan edi:

Biz unga "Hali ularga o‘zlari sezmagan hollarida bu qilmishlarini xabar qilasan" deb vahiy qildik.

(Yusuf.15)

Send as a message
Share on my page
Share in the group