UMMA TOKEN INVESTOR

About me

Bu dunyoda xuddi bir yo'lovchidek bo'l... tg: @bir_foyda

Translation is not possible.

📖 "Buyuk shaxsiyat"

✍ Ali Jobir Fayfiy

Tanlab olingan zotdan mo'jiza so'raysizlarmi, uni o'lik xalqni tiriltirgani mo'jiza emasmi?!

"Buyuk shaxsiyat" kitobi Payg'ambarimiz solallohu alayhi va sallamning hayotlaridan yorqin namunalar bilan boyitilgan. Ya'ni, Payg'ambarimiz solallohu alayhi va sallamning shaxsiyatlari ochib berilgan. Bunda ularning oiladagi, ko'chadagi, sahobalar bilan munosabatlari, mushriklarga bo'lgan munosabatlari va shunga o'xshash turli hayotlaridan namunalar keltirilgan...

Ayniqsa, bu kitob orqali biz ham hayot yo'llarimizga va shaxsiyatimizga qo'shishimiz kerak bo'lgan ko'plab xislatlarni olishimiz mumkin. Masalan, Payg'ambarimiz solallohu alayhi va sallamga mushriklar ustiga ikkita tog'ni ag'darib tashlab, ularni yo'q qilish taklif qilinganda Payg'ambarimiz solallohu alayhi va sallamning javoblar qanday bo'lgani esingizdami?! Bu misol ko'plab kitoblarda ketiriladi... Ha, mehribon Payg'ambarimiz solallohu alayhi va sallam, yo'q balki ularning zurriyotlari orasidan Allohga iymon keltiradigan va solih amallar qiluvchilar yetishib chiqar, degan edilar. Ko'ryapsizmi, u zot solallohu alayhi va sallamni masxara qilgan, kohin, sehrgar va shunga o'xshab ko'plab so'zlar bilan haqoratlagan mushriklarga Payg'ambarimiz rahm qilyaptilar...

https://t.me/bir_foyda

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Bir narsa uzun zamonda beri qilib kelinayotgani, uning to'g'ri ekaniga dalolat qilmaydi...

© Tunchiroq

https://t.me/bir_foyda

Telegram: Contact @bir_foyda

Telegram: Contact @bir_foyda

Bu ham otar-ketar... Savol va takliflar uchun: @bir_foyda_bot
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

#kitobdan

"Namozda jahriy qiroatning eng past darajasi yonidagi kishi eshitadigan qilib o'qishdir. Maxfiy namozda namozxon o'z qiroatini o'zi eshitmasa, qiroat hisob bo'lmaydi. Tilini qimirlatishi yoki dilidan o'tkazishi qiroat hisoblanmaydi..."

"Mo'minning me'roji (mufassal namoz)" kitobidan

Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

"Rasululloh solallohu alayhi va sallam: Misvoq bilan o'qilgan ikki rakat namoz misvoqsiz o'qilgan yetmish rakat namozdan avfzaldir, dedilar".

Imom Ahmad va Doraqutniy rivoyat qilishgan

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
Translation is not possible.

"Ko‘z yumish"

Bir kuni ilon duradgorning ustaxonasiga sizib kiribdi.

Duradgor o‘tkir tig‘li asboblarini ochiq qoldirgan ekan. Ilon uning ustidan o‘tayotib terisi ozgina tilinib ketibdi.

Shunda tabiiyki, birdan o‘girilib tig'ni tishlab endi og‘zi ham yirtilibdi.

Shunda ilon unga hujum bo‘layotganini gumon qilib tig'm'ni atrofiga o‘ralib uni bug'moqchi bo‘libdi.

Ammo, uni bug'gan sari o‘zining jasadini tilka-pora qilib oxiri o‘sha yerda jon beribdi..

Qissadan xissa, kishi ko‘pincha uni atrofidagilar jarohatlayotgandek ko‘rinadi. Lekin u o‘zini o‘zi jarohatlayotgan bo'ladi.

Buning sababi kishida "beetiborlik" yetishmasligida..

Ozgina "tilingan" jarohatga sabr qilmaslik jasadni tilka pora bo‘lishigacha olib boradi.

Kishi g‘azab paytida birovdan ko‘ra o‘zini ko‘proq jarohatlaydi

Kishi hasad paytida ham birovga emas o'ziga zarar beradi

Yusuf alayhissalamni akalar va tojirlar qul qilib sotganda indamay qul bo‘lib ketdilar. Nega akalarga ham, tojirlarga ham, u kishini sotib olganlarga ham hurligini aytmadilar?

Chunki, qullikka ko‘z yummasalar akalaridan bundan yomonroq jinoyatlar (qotillik) sodir bo'lishi aniq edi.

Ayol fitna qilib qamatganda ham qamalib ketaverdilar. Chunki, qamalmasalar bundan yomonroq jinoyatlar (fahsh-munkar) sodir bo'lishi kerak edi.

Oldingga qo‘ygan maqsadlaring uchun hayotda qolishni istasang ko‘p kishilar, hodisalar, gap-so‘zlarni ko‘rmaslikka olishing kerak. Qarshingdan chiqqan har qanday kishiga, hodisaga, gap-so‘zlarga to'xtayversang hech qachon manzilga yeta olmaysan.

Ammo bular bilan hisoblashish vaqti ham albatta keladi.

Shuning uchun Alloh taolo quduqda yotgan Yusuf alayhissalamga aytgan edi:

Biz unga "Hali ularga o‘zlari sezmagan hollarida bu qilmishlarini xabar qilasan" deb vahiy qildik.

(Yusuf.15)

Send as a message
Share on my page
Share in the group