#қитъа
“Badoye’u-l-vasat”dagi 57-qit’a
O‘z isyonining shiddat va kasratin der va Haq karami ollinda ani afv qilmoqning suhulatin
Qilibmen oncha isyonkim, agar do‘zax aro kirsam,
Mening behad gunohim birla do‘zax sarbasar to‘lg‘ay.
Xudoyo, afv osonroqdurur, yo‘qsa g‘azab qilsang,
Magarkim o‘zga do‘zax, o‘zga o‘t, o‘zga azob o‘lg‘ay.
Vazni:
Mafoiylun / mafoiylun / mafoiylun / mafoiylun /
V – – – / V – – – / V – – – / V – – – /
Hazaji musammani solim
O‘qilishi:
Qi-lib-men-on / cha-is-yon-kim, / a-gar-do‘:-zax / a-ro-kir-sam, /
Me-ning-be:-had / gu-no-him-bir / la-do‘:-zax-sar / ba-sar-to‘l-g‘ay. /
Lug‘at:
Kasrat – ko‘plik;
Suhulat – osonlik, yengillik;
Shiddat – zarb, zo‘r; qattiqlik, og‘irlik;
Sarbasar – butunlay, boshdan oyoq.
Nasriy bayon:
O‘z isyonining shiddati va ko‘pligini hamda Haq karami oldida uni afv qilmoqning osonligini aytur
Shunchalar ko‘p isyon qilganmanki, agar do‘zax aro kirsam, do‘zax boshdan oyoq mening behad gunohim bilan to‘ladi.
Xudoyo, afv qilmoq Sen uchun oson. Ammo g‘azab qiladigan bo‘lsang, men uchun shunday bir do‘zax, shunday bir olov va shunday bir azob bo‘ladiki, uning mislini ko‘rmoq mumkin emas.
Badiiy san’atlar:
Baroati istehlol;
Tazod – afv, g‘azab;
Takrir – do‘zax;
Kalomi jome’ – nasihat va shikoyat;
Tanosub – do‘zax, o‘t, azob.
Odiljon Rahmatulloh,
PhD, dotsent
KANALGA ULANISH:
👇👇👇
https://t.me/navoiyshunoslik_rasmi