Translation is not possible.

Gulzorida ochilgan atirgullarga parvo ham qilmaydigan qizlar qaydandir moychechak topib olib barmoqlari orasiga qistirib rasmga olsayu ijtimoiy tarmoqqa ,,MOYCHECHAKLAR MEHRGA MUHTOJ XUDDI MENDEK,,deb izoh yozib qoldirsa hayron qolaman...

Uyining yonida oqqan toza tiniq anhor suviga qiyo boqmay turib, telegramda ,,DENGIZGA OSHUFTA QALB,,deb postlar yozganlarga hayron qolaman...Axir chindanam hissiyot olamiga g\'arq bo\'lgan kishi anhordan ham boringki ariqdagi suvdan ham ta\'sirlanadi go\'zallik topa oladi...Go\'zallik yoki oshiqlik uchun Turkiyaning dengizlariga borish shart emas...

Qop-qora hijob-himar taqib olib ikkita ko\'ziga telefonni 4ta kamerasini to\'g\'irlab rasmga tushadiyu izohiga ,,HIJOBLI QIZLARGA TOSH OTMANG,,deb yozganlarga hayron qolaman...Aytgim keladi:hijob haqidagi oyatlar qaysi suralarda kelgan?Qayerda qachon nozil bo\'lgan?Hijob farzligi haqidagi oyatni yoddan aytib bering...Unutmangki hijob degani ko\'zigacha o\'rab chirmab rasmlarga tushib yurish emas...

Maktabda adabiyotni bitta hikoyasini ham o\'qimaydigan qizlar bugun katta katta romanlarni o\'rta betlaridagi gaplar ostiga chizib rasmga olsayu ,,HAYOTIMGA MAZMUN BERGAN SO\'ZLAR,,deb izoh bersa hayron qolaman...

Asli hamma go\'zallik yon atrofimizda.Faqat ko\'ra bilish kerak.Internetda kimlargadir ergashib olinayotgan rasmlar yulinayotgan gullar kiyiladigan kiyimlar hamma hammasi soxtalikdan boshqa narsa emas...

Tan oling bir yil oldin hech kim shu gul haqida qiziqmaganda ham hozirgidek yoqtirardingizmi moychechakni?!

Yoki shunchalik dengizga owiq ekansiz dunyo xaritasidan qidirib ko\"rganmisiz sevgan dengizingiz manzilotini?!

Hijob deganda modani emas terroristik oqim ayollarini tushunadigan 4-5yil oldingi qaltis paytlarda ham siz shunaqamidingiz?!

Dinni niqob qilmang dinni moda bilan aralashtirmang...

Sof ta\'limlarga soxta taqlidlarni qorishtirmang...

Ixlosli muhabbatga virtual manfaatni birlashtirmang...

Choliqushi

(Kimlargadir yoqmagan bo\'lsa uzr)

Send as a message
Share on my page
Share in the group