Translation is not possible.
Bugun yegan rizqing soʻngisi ekan
Yetti yoshli shirin qizginam mani
Maktabdan 5 olib qaytamn degan
Jarangdor ovozli dudogʻing qani...
 
Yetti yil hayotim charogʻon qilib
Bironta nomaqbul soʻzni aytmagan
Sumkasin ilgancha xush xursand kulib
Xayrlashib ketib...tirik qaytmagan...
 
 
O munchoq koʻzligim jonim bolama
Jonning ogʻrigʻini sezdingmi gulim
Onang bagʻrini qon qilgan lolama
Bunchalar beshafqat buncha tez oʻlim...
 
 
Rijol degan nomga mos boʻl ey erkak
Rulni berib qoʻyma ayol zotiga.
Seni deb shu holga tushgan bir goʻdak
Qushday uchib ketdi Haqning oldiga...
8 views
Send as a message
Share on my page
Share in the group