Translation is not possible.

Meni senga yomonlaganlar,

Seni menga yomonlab bo'lgan.

Allaqachon unga hurmat-u,

Ehtiromni tamomlab bo'lgan.

Meni senga g'iybatim qilgan,

Sendan ham ko'p xabar yetkizgan.

Yuzidagi nurin o'chirib,

Iliqlikni essiz ketgizgan

Meni senga o'sha kunlarda,

Yaqin bo'lma do'stim degandi.

Bir kun odin tushlikda men ila,

Bir lagandan palov yegandi.

Send as a message
Share on my page
Share in the group