Translation is not possible.

Zerikish instinkti

Zerikish degan narsani Alloh bizga instinkt tarzida berib qo\'ygan,lekin ko\'pchiligimiz bunga unchalik e\'tibor bermaymiz.

Zerikish bu yoshidan qat\'iy nazar barchada bor narsa.

Faqat uni so\'ndirib qo\'yish kerak emas, aksincha undan foydalanish kerak.

So\'ndiruvchi narsalar deganda ijtimoiy tarmoqlarda videolar ketma-ketligini ko\'rish, televizorda kino yoki qandaydir ko\'ngilochar narsa ko\'rib o\'tirish kabi narsalarni tushunishingiz mumkin.

Bloger va biznes egasi Shaha Dolimov ham shu mavzuda zerikishni foydali deb bilib, farzandlari misolida yozganlar.

Tasavvur qiling, 1ta kitobdan boshqa hech narsa yo\'q xonada 2 soat o\'tirsangiz nima qilasiz?

Albatta o\'sha kitobni o\'qishni boshlaysiz, chunki o\'sha paytda zerikasiz va zerikishni yengish uchun hayolingizga birinchi bo\'lib o\'sha kitobni o\'qish keladi!

Hozirda yosh farzandini chalg\'ib turishi uchun telefonini berib qo\'yadigan ota-onalar ham farzandini zerikish instinktini so\'ndirishyapti. Undan ko\'ra boladagi qaynab turgan quvvatni to\'g\'ri yo\'lga yo\'llash kerak. Qani endi zerikishni foydali narsa ekanligini bilganlarida, balki qaytib telefonlarini berishmasdan, bolani zeriktirib keyin boshqa mashg\'ulotlar bilan band qilisharmidi...

Xullas kalom, o\'zingizni zeriktira olishni va zerikkanda foydali mashg\'ulotlar qilishni o\'rganing!

12.08.2024

@dostonblog

Send as a message
Share on my page
Share in the group