Translation is not possible.

Aziz Rahimov ustozni 27 yosh vaqtlarida 17 yoshlik oʻziga aytishi mumkin boʻlgan maslahatlari ekan.

(Menimcha bu maslahatlarning 17-23 yoshli hammaga foydasi tegsa kerak):

• Ingliz tilini o‘rganyapsan molodes! Lekin IELTS niyam vaqtliroq obqo‘yvur, kuchliroq o‘qisan shunda imtixonga tayyorlanib.

• O‘rtoqlaringa qiziqib darsdan keyin likillab yurmasdan, borib IT o‘rgan (dizaynga HTML va CSS, programmalashga Python va Javascript), programmist bo‘lmasang ham fikrlashing ancha o‘sadi manga ishon. Bilaman hozir ortiqcha puling yo‘q shuning uchun tekinga onlayn o‘rgansang ham bo‘ladi, ingliz tiliga o‘xshab.

• Qo‘y o‘sha kursdoshing Durdonni yoqtirmi qo‘yaqol, birinchidan u sanga vapshem to‘g‘ri kemidi, yoshiyam kotta, san birinchi oyligini olgunincha u uzatilib ketib bolaliyam bo‘voladi). Keyin yoshing kotta bo‘lib aqling kirganda qadriyatlaring o‘zgarib, uylanish uchun umuman boshqacha (odobli) qiz qidirishni boshlaysan baribir.

• Bilaman shifokor bo‘lmoqchisan lekin niyating qat’iy emas, shuning uchun o‘ylab ko‘r, kasb tanlaydigan bo‘lsang puliga vapshim qiziqma, chunki pul hamma ishda bor, eng muhimi odamlarga ko‘proq foydang  tegadigani va osonrog‘idan tanla. O‘zi bir marta yashasang, oson va ko‘p pul topadigan kasb tanlab qo‘yvur, shunda oilangga ko‘proq vaqtingni bag‘ishlay olasan. Kichikroq bir biznes boshlab qo‘yseng undanam yaxshi.

• Odamlarni fikri bilan hadib ishing bo‘vurmasin, ozgina o‘tib ularni fikri vapshe kopeyka bo‘ganiga o‘zing guvoh bo‘lasan. San undan ko‘ra hozir Tim Ferrisning podkastlarini topib eshit va Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning kitoblarini o‘qishni boshla.

• Yil o‘tgan sari vaqting kamayib eng qadrli resursga aylanib boraveradi, shuning uchun xozir qadriga yet. Buning uchun bir kunlik maqsadlar qo‘yib, ularni har kuni bajarib bor.

@jkamolovv

Send as a message
Share on my page
Share in the group