Translation is not possible.
Toshkent zilzilasi. 📍
 
1966-yilgi Toshkent zilzilasi — 1966-yilning 26-aprelida soat 5 dan 23 daqiqa oʻtganda Toshkent shahrida roʻy bergan falokatli zilzila. Magnitudasi uncha katta boʻlishiga qaramay (taxminan 6.2), oʻchogʻi yer sathiga yaqin boʻlgani tufayli 7-8 balli silkinishlar roʻy berdi va natijada shahar hududidagi koʻpgina inshootlar jiddiy talafot koʻrdi. Lekin shahar chekkasida zilzila 6 ballgacha pasaygani qayd etildi. 2-3 Hz chastotali yer silkinishlari 10-12 soniya davom etdi. Qurbonlar soni kamligi (8 kishi halok boʻlgan, bir necha yuz kishi jarohatlangan) esa silkinishlarning boʻylama boʻlganligi bilan izohlanadi, boʻylama tebranishlarda binolar katta zarar koʻrmaydi. Ammo hodisadan keyingi yurak va asab hastaliklari tufayli qurbonlar soni koʻpaydi.
 
Zilziladan soʻng, sovet davlatining yuqori martabali arboblari, jumladan, KPSS raisi Leonid Brejnev qidiruv-qutqaruv ishlarini koʻzdan kechirish maqsadida Toshkentga kelgan. Katta qurilish va rekonstruksiya loyihasi tayyorlangan. Boshqa sovet respublikalari qayta qurish jarayoniga yordam berish uchun koʻp sonli ishchilarni yuborganlar. Bu holat shaharning etnik tarkibini oʻzgartirib yuborgan, chunki ish tugagandan soʻng ishchilarning katta qusmi Toshkentda qolgan[18]. Yangi bunyod etilgan Toshkentda Sovet Ittifoqining boshqa shaharlarida uchraydigan meʼmoriy uslublar, jumladan, keng xiyobonlar va katta turar-joy majmualari paydo boʻlgan. 1970-yilga kelib 100 000 ta yangi uy qurilgan.
 
Zilzila oʻchogʻida joylashgan yerda zilzila qurbonlari uchun qurilgan tosh yodgorlik 1976-yilda ochilgan...
 
Bugun o‘sha yerga bordim...
 
https://t.me/Turakurgoniy
image
Send as a message
Share on my page
Share in the group