Translation is not possible.

Yuborsang O‘zingning yoningga yubor,

Chaqirsang O‘zingning qoshingga chaqir.

Ko‘zimdan ketolmay sargashta g‘ubor,

Nomingni aytganga najot bor axir.

Yoding-la bandi et sarkash xayolim,

Boshqani o‘ylamay, boshqani demay.

Sohibi qudratim, Sohibkamolim,

O‘zgani O‘zingday sevdirma – sevmay.

Qo‘rqaman Yolg‘ondan, Qo‘rqaman Chindan,

Hayotbaxsh so\'zlarga tilimni boyla.

Tazarru – mendandir, mag‘firat – Sendan,

Rahm ayla, rahm ayla, yana rahm ayla.

Manglayga Oshiq deb dastxat bitib qo‘y.

Toabad dunyoga ishqim tushmasin.

Muhtojman, bundan-da muhtoj etib qo‘y -

O‘zingdan boshqaga ishim tushmasin.

Nuqtacha bo‘lolmay qotdim qarshingda,

Osiy hislarimni butkul daf etgin.

Vujudim baxshida, Ruhim baxshida,

Sevgimni Sevginga musharraf etgin.

#behzod_fazliddin

Send as a message
Share on my page
Share in the group