Kecha Bahodir Yalangto'sh filmining premyerasiga tushdim. Kino rosa ham zo'r ishlanibdi, ayniqsa undagi dialoglar juda balog'atli tuzilgan. Kinodagi effektlar esa Gollivudnikidan qolishmaydi, jang sahnalari ham juda yaxshi ishlangan. Saroydagi siyosiy o'yinlar ham maromiga yetkazilgan, kutilmagan ishlar bo'lib qoladi ora orada. Kino tugaguniga qadar o'ziga jalb qilib turadi. Qardoshlarimiz bilan birlik ham kinoda ask ettirilgan. Aktyorlarni ijrosini alohida tilga olmasdan iloj yo'q. To'g'risi qaynona kelin mavzusidan o'zlari ham charchagan aktyorlarimiz joni berib sitqi dildan mahorat bilan o'ynab berishgan. Va ayniqda menga eng yoqqan narsalardan biri bu Bahodir Yalangto'shning o'ziga ishlangan "background" musiqasi bo'ldi. Xullas musiqasi ham juda yoqimli chiqibdi. Kino rejissyor Jahongir Ahmedovga tasanno. Bundan tashqari, bizning kinoda ham qo'rqmasdan Qur'on o'qilishi va Alloh so'zining ishlatilishi ham meni juda xursand qildi.
Bizda ham shunday kinolar ishlashning imkoni bor ekan. Va buning asosiy sharti, ishni o'z egalariga topshirish va moliyalashtirish. Bahodir Yalangto'sh kinosiga tushishni tavsiya qilaman. Ha, ayrim kamchiliklari ham bor albatta, masalan ayrim voqealar juda tezlikda bo'lib ketadi, bir kadrda Xon bo'lgan odam ikkinchi kadrda taxtdan ayriladi.
Dialoglar ayniqsa menga juda ham yoqdi. Masalan, oxirrog'ida xon Nadir Muhammad Bahodir Yalangto'shga aytadi, "-kel o'tmishdagi ginalarni unitaylik, bu jangga o'zing sarkarda bo'l" deb, shunda Bahodir Yalangto'sh "-meni xalqimdan ginam yo'q, Ona yurt uchun jonim fido" deydi.
Xullas, ming marta ta'riflagandan ko'ra bir marta borib ko'ringizlar.
#bahodiryalangtosh #baxodir #yalangtosh #yalangtoshbahodir