Translation is not possible.

Ming marta urildi devorga boshlar,

Na devor yiqildi, na bosh yorildi.

Nafs eng boshidan shu yo'lga boshlar,

Yana pushaymonlik yo‘li ko'rindi.

Ovunchoq tavbaga to'lar joynamoz,

Uyalmay oqqusi qaroqdan yoshlar,

Unutilib bo'lgach xatolar biroz,

Takror devorlarni qumsaydi boshlar.

O‘tkirbek Muhammadsobir

Send as a message
Share on my page
Share in the group