Translation is not possible.

Ish buyursang oson qilib ayt

Hazrat Ashraf Ali Tahonaviy aytadilarki, umuman olganda odamlar biror kishini ishga buyursalar gapni to'liq, mukammal qilib aytmay, chala gapiradilar. Keyin ular ishni ko'ngildagidek bajarmasa xafa bo'lib yuradilar. Xususan shogirdlar. uydagilar, xodimlar bilan qilinadigan munosabatda bu holat ko'p uchraydi.

Birovga bir ishni buyurayotgan vaqtda gapni mukammal, ochiq va oson yo'l bilan tushuntirish ham odob hisoblanadi.( Iqtibos tugadi)

Haqiqatan ham o'ylab ko'rsak bu holat deyarli barchamizda uchrab turadi. Vaziyat taqozosi ila kimnidir ishga solishga to'g'ri keladi.

✅ Shu sababli ham yuqorida o'tgan maslahat ancha manfaatli bo'ladi deb o'ylayman.

16.05.2024

Send as a message
Share on my page
Share in the group