Translation is not possible.

Bolaligida inson qancha katta boʻlishga intilsa, qarigan sari shuncha yosharishni hohlaydi. Hozirgi kunda tibbiyotda Bioxaking deb nomlangan soxa taraqqiy etmoqdaki uning negizida organizmni qayta dasturlash asnosida umr davomiyligini uzaytirish, qarishni sekinlashtirish, hayot sifatini yaxshilash vazifasi yotadi, buning vositalari sifatida esa: turli biologik faol qoʻshimchalar, kuchli taʼsirga ega dorivor moddalar, kriokameralar (-160° gacha tushadigon), barokameralar, plazmaforez, axlat nazorati, jinsiy aloqani yangicha tartiblash, oʻziga xos dieta turlari yotadi.

Amaliyotlardan misollar:

       Levandovskiy formasini saqlash uchun teskari tartibdagi dietadan foydalanadi yaʼni dastlab desert keyin asosiy ovqat isteʼmol qilinadi (uglevodlar avval soʻriladi va tezkor energiya beradi, oqsillar keyin soʻriladi va zaxira quvvat sifatida ishlaydi).

       Erling Xoland uslubi ham oʻzgacha u har kuni uyqudan 3 soat avvaldan olovrang koʻzoynaklar taqib oʻtiradi va u yordamida tv, smartfondagi koʻk rangni filtrlab uyqu gormoni melatoninning yetarlicha ajralishiga yordam beradi, uyquga yaqin qizil rangli koʻzoynakka aylantirilib, keyin barcha gadjetlar chetga suriladi.

        Mashhur Zlatan har kuni 3 daqiqa davomida -160° kriokamerada boʻladi va keyin issiq vanna qabul qiladi (qon tomirlarni avval torayib keyin kengayishi koʻplab moddalarni ajralishi uchun zamin yaratadi), mutaxassislar tongda sovuq dushni taklif etishadi.

       Gnabri timsolida neyroatletik mashqlar yaʼni miyaning turli joylarini faollashtirish orqali jaroxatlarga chidamlilikni oshirish va reaksiyani tezlashtirishga erishish mumkinligi (u kechalari fortepiano chaladi) taʼkidlanadi.

    Krishtianu Ronaldu esa kunda 6 mahal 90 daqiqadan embrion pozada salqin va qorongʻu xonada uxlaydi va bu yarim fazali uyqu organizmni qayta tiklanishiga yordam beradi, albatta bu uyqudan keyin 6 mahal ovqatlanadi, kriokameradan foydalanadi, ammo bu tartibga hamma ham bardosh bera olmaydi.

     Xulosa oʻrnida aytish mumkinki umrni uzaytirish imkonsiz boʻlsada, ammo maʼlum usullar yashash sifatini yaxshilashda foydaliligi amalda oʻz isbotini topmoqda..

@ixtiyorbaxtiyorovich

Send as a message
Share on my page
Share in the group