FITNA NIMA ?
"Fitna" arabcha so'z bo'lib, "sinash", "baloga yo'liqtirish", "imtihon qilish", "tekshirish", "ajratish", "saralash" kabi bir qancha ma'nolarni anglatadi.
《فتنت الفضة والذهب اذا اذبتهما بالنار لتمير الرديء من الخيد》
Arab tilida "Fatantul fizzota vaz zahaba" ya'ni "oltin va kumushni yaxshisidan yomonini ajratish uchun olovda eritdim", deyiladi. Aslida "fitna" so'zi ijobiy ma'no anglatgan. Keyinchalik iste'molda salbiy ma'noda qo'llaniladigan bo'lgan.
"
Fitna" so'zi yana biror narsadan hayratlanib, ajablanishga nisbatan ham qo'llaniladi. Demak, fitna imtihon ma'nosida kelsa - ijobiy, fasodga olib boruvchi, ajablanish ma'nosida kelsa - salbiy ma'noga dalolat qiladi.
Jurjoniy rahmatullohi alayh aytadi: "Fitna insonni yaxshi va yomon holatini bayon qiladigan narsadir".
Ibn Hajar rahmatullohi alayh aytadi: "Fitna haq va botil bilinmaydigan darajada mulk talabida ixtilof qilishdan paydo bo'ladigan narsadir".
Azhariy rahmatullohi alayh aytadi: "Fitna sinash, imtihon qilish ma'nolarini beradi".
Munoviy rahmatullohi alayh aytadi: "Fitna bir ofat bo'lib, botiniy ishlarni yuzaga chiqaradigan muomaladir".
Qur'oni Karim oyatlarida "fitna" so'zi bir qancha ma'nolarda keladi. Bu so'z muborak kalomning turli oyatlarida shirk, kufr, gunoh, azob, sinov, qotillik, to'g'ri yo'ldan to'sish, zalolat, uzr, g'aflat kabi ma'nolarda uchraydi.
Shuni yaxshilab bilib olishimiz kerakki, Qur'oni Karim oyatlari va hadisi shariflarda Alloh taologa "fitna" so'zi bandalarni sinash, imtihon qilish ma'nosida keladi. Mo'min kishining mol-davlati va nasl-nasabini deb fitnaga uchrashi ajablanish ma'nosidadir.
Hofiz ibn Hajar rahmatullohi alayh bu haqda quyidagilarni aytgan: " Fitna so'zi qaysi ma'noda kelayotgani ishora va gapning ulovidan bilinadi".
《والفتنة اشد من القتل》
"Fitna qotillikdan ham yomondir" (Baqara surasi, 191-oyat).
《والفتنة اكبر من القتل》
"Fitna qotillikdan ham og'ir gunohdir" (Baqara surasi, 217-oyat).
Fitna eng katta va eng og'ir gunohlar sarasiga kiradi.
NIMA UCHUN BUNDAY ?
Savolning javobi quyidagicha: masalan, qotillik og'ir gunohligini yaxshi bilamiz. Lekin fitna undanda og'irroq. Qotillik bir kishi boshqa kishining joniga qasd qilishi bilan amalga oshadi. Fitna esa jamiyat va undagi shaxslarning jonlariga qasd qilish demakdir. Qotillik bir kishining hayotiga zomin bo'lsa, fitna sababidan butun jamiyat hayotida notinchlik ro'y beradi. Shuning uchun ham fitna qotillikdan yomonroq va ashaddiyroq deyilgan.
@adibabintubahrom 🐋 telegram kanalimiz.