Translation is not possible.

Men taqvoda adashdim

Ustozim birdan “Yur, bir joyga boramiz!” dedilar. Hayron bo‘lib ergashdim. Oxiri sabrim tugab, “Aka, qayerga ketyapmiz o‘zi?” dedim.

“Bir tanishim bor, qalin jo‘ram. Taqvoli oila. Bo‘yi yetgan qizlari bor ekan. “Yaxshi kuyov bo‘lsa dalolat qiling” degandi. Sovchilikka boramiz” dedilar. Hayratim yanada oshdi, “Nima, meni ko‘nglimga qaramaysizmi?” deyishimni bilaman, kulib yubordilar. O‘zim ham uyaldim lekin. )

•••

Xullas aytilgan manzilga keldik. Kichik hovli. Ozoda, sarishta. Ayrimlar ta’mirtalab, eski hovli desa, meni tilimda juda fayzli degani bo‘ladi. Chunki insonlarni uy-joyiga qarab baho bermayman.

Bir kishi bizni ichkariga taklif qildi. Sherigim bilan juda qalin ko‘rishdi. Ularning gap-so‘zidan qalin birodar ekanliklari yaqqol sezilib turardi. Men xijolatomuz so‘rashdim. Biroz xijolatdaman. Bunday uchrashuvga na tayyor edim va na kutgan edim.

•••

Uyga kirdik. Mezbon biroz baland ovozda “Mehmon!” dedi. Darrov narigi xonada choynak ovozi eshitila boshladi. Mashaalloh, uydagi tarbiya va boshqaruv meni hayratda qoldirgan edi.

Ular yoshlikdagi voqealarni eslashib o‘tirishar, men esa xuddi ko‘rinmas odamdek - ular meni payqamasdi.

Birozdan so‘ng suhbat menda aylana boshladi. Ustozim shuncha tanishlari orasidan birodariga meni ravo ko‘rganini va menga qanchalik ishonishini faxr ila gapirardi. Men esa shu onda bu yerdan g‘oyib bo‘lib qolsam-u, xijolat chekmasam derdim.

Shu payt oshxonadan marta tiqirlagan ovoz keldi. Mezbon “Men hozir” deya turib ketdi.

Sherigim “Qizi juda yaxshi qiz. Odobli. Bu uyda erkak boshliq, shu sababli xonadonda tartib bor” dedilar. Shu on xona burchagidagi kitob javoni meni xaloskorim bo‘ldi. Ahamiyat bermaganday o‘rnimdan turdim va kitob oldiga keldim. Birin-ketin razm solar ekanman, eng chetdagi eski Qur’onga ko‘zim tushdi. Qo‘limga oldim. Ichini ochib, razm soldim. Kitobning varaqlari deyarli titilib ketgandi. Shu ondayoq tanamni titroq bosdi.

Ayrim sahifalarni siyohi ko‘rinmay ketgandi. Diqqat bilan razm solsam, Jahannam haqidagi oyatlar ekan. Qur’onxon aynan shu joyiga kelganida ko‘zidan duv-duv yosh to‘kilib, varaqdagi harflar oqay debdi. Meni tanam endi muzlay boshlagandi.

Shu payt mezbon patnisda choy va allanimalardir olib kirdi. Uning yuzida mamnuniyat bor edi. Men u kishiga tikilib “Bu Qur’onni kim o‘qiydi?” dedim. U kishi taajjublanib “Qizim!” dedilar.

Ko‘ksimga havo tiqildi, shu ondayoq ko‘zimga yosh to‘ldi. Agar bir nafas olsam yig‘lab yuboraman. Shunday ham bo‘ldi...

“Kechirasiz, men ketishim kerak” deb uydan chiqib ketdim. Ular hayratda, men esa ko‘z yoshda...

Ko‘chada yig‘lar ekanman, ko‘ksim tez-tez to‘lib ketar, bir xo‘rsinsam, ko‘z yoshim shashqator bo‘lardi. Ko‘p o‘tmay ortimdan ustozim chiqdi. ”Nima bo‘ldi?” dedilar tushunar-tushunmas.

“Men bunday qizga mos emasman. Bu qadar taqvo sohibasi meni qo‘limda xor bo‘lsa, ertaga Allohga nima deb javob beraman? Bu qiz haqiqiy solih va zohid insonga munosib. Meni kechiring” dedim...

Yo‘l-yo‘lakay ming xil xayol bilan uyga keldim. Xonamda mus’hafim turardi: yangi va tiniq.

Yana ko‘zlarim o‘zimga bo‘ysunmadi. O‘zimga achindim. Meni halok bo‘lganim shu!

Men taqvoda adashdim!

— Shaydoi Jannat

Telegram: Contact @taqwatiy

Telegram: Contact @taqwatiy

Men taqvoda adashdim Ustozim birdan Yur, bir joyga boramiz dedilar. Hayron bo‘lib ergashdim. Oxiri sabrim tugab, Aka, qayerga ketayabmiz o‘zi? dedim. Bir tanishim bor, qalin jo‘ram. Taqvoli oila. Bo‘yi yetgan qizla
Send as a message
Share on my page
Share in the group