Translation is not possible.

Mohiyat

Agar yosh bolaga shokolad bilan olmosni ko‘rsatsangiz, u albatta, shokoladni tanlagan bo‘lardi.

U olmosning puliga umrining oxirigacha yetadigan shokolad olish mumkinligini bilmaydi.

Biz ham mana shu vaqtinchalik dunyoni deb bekor ketkazayotgan umrimizni dinimiz uchun sarflab, abadiy Jannatni qo‘lga kiritishimiz mumikin edi.

Universitetga kirish imtihonida sizga berilgan uch soat ichida hech qorningiz ochganini sezganmisiz?

Imtihon vaqtida ko‘radigan serialingizning kechagi qismida bo‘lgan voqeallarni eslab xayol surib o‘tirganmisiz?

O‘shanda hozir sevgan qizingiz nima qilyapti ekan, deb o‘ylaganmisiz? Yoki kechki payt bo‘ladigan futbolda kim yutishi mumkinligi haqidachi?

Yo‘q, bor e’tiboringiz uch soatlik imtihondan muvaffaqiyatli o‘tib olishda edi.

Chalg‘imaysiz, chunki mana shu uch soat qolgan hayotingizni belgilab berishini bilasiz.

Dunyo hayotini ham uch soatlik imtihon deb biling. Mana shu uch soatlik hayotingiz oxiratdagi joyingizni belgilab beradi.

Shokolad ortidan quvmang, olmosning mohiyatini anglang.

#Имена

Send as a message
Share on my page
Share in the group