UMMA TOKEN INVESTOR

1 атна Тәрҗемәсе
Татарчага аудару мөмкин түгел.

Mohiyat

Agar yosh bolaga shokolad bilan olmosni ko‘rsatsangiz, u albatta, shokoladni tanlagan bo‘lardi.

U olmosning puliga umrining oxirigacha yetadigan shokolad olish mumkinligini bilmaydi.

Biz ham mana shu vaqtinchalik dunyoni deb bekor ketkazayotgan umrimizni dinimiz uchun sarflab, abadiy Jannatni qo‘lga kiritishimiz mumikin edi.

Universitetga kirish imtihonida sizga berilgan uch soat ichida hech qorningiz ochganini sezganmisiz?

Imtihon vaqtida ko‘radigan serialingizning kechagi qismida bo‘lgan voqeallarni eslab xayol surib o‘tirganmisiz?

O‘shanda hozir sevgan qizingiz nima qilyapti ekan, deb o‘ylaganmisiz? Yoki kechki payt bo‘ladigan futbolda kim yutishi mumkinligi haqidachi?

Yo‘q, bor e’tiboringiz uch soatlik imtihondan muvaffaqiyatli o‘tib olishda edi.

Chalg‘imaysiz, chunki mana shu uch soat qolgan hayotingizni belgilab berishini bilasiz.

Dunyo hayotini ham uch soatlik imtihon deb biling. Mana shu uch soatlik hayotingiz oxiratdagi joyingizni belgilab beradi.

Shokolad ortidan quvmang, olmosning mohiyatini anglang.

#Имена

Send as a message
Share on my page
Share in the group
1 атна Тәрҗемәсе
Татарчага аудару мөмкин түгел.

Agar sen ilgari hech qachon yashamagan hayotda yashashni istasang, avval qilmagan ishlarni qilishing kerak.

Izoh: Ya'ni hayoting haqiqiy ma'noda o'zgarishi uchun undagi qiladigan ishlaring ham haqiqiy ma'noda o'zgarishi zarur. Bunday bo'lmas ekan, sening hayotingham tom ma'noda hech qachon o'zgarmaydi. Darvoqe, bularni barchasi chegara ostida bo'lishi zarur.. bu qanday chegara ekanini eslatishim zarur emas menimcha) va shunda ikkala o'rindaham najotga erishishing muqarrar. Bunday o'zgarishlarga tarixda o'tgan buyuklarimiz yaqqol namunalar. Agar shular to'g'ri tahlil etilsa, ularda katta ibrat bordir. Abdulla Qodiriy ni: "Moziyga qaytib ish ko'rish yaxshidir deydilar" degan gaplariga amal qilgan holda..

"أنت قوة مذهلة"

#ислам

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
1 атна Тәрҗемәсе
Татарчага аудару мөмкин түгел.

Har qanday chuqurga tushib ketishning oldini olish mumkin. Lekin qabr deb atalmish chuqurdan oʻtib ketib boʻlmaydi. Shuning uchun oqil odam u yerga tushishga tayyorgarlik koʻradi va unga tushishdan avval Alloh uchun bosmagan har bir qadami uchun pushaymon boʻladi.

#ислам

Send as a message
Share on my page
Share in the group
1 ай Тәрҗемәсе
Татарчага аудару мөмкин түгел.

Hozirgi zamonda ixlosni eng ko‘p ketkazayotgan ish rasm va videoga olish. Odamlar solih amallarini butun dunyoga ko‘z-ko‘z qilishga harakat qiladigan bo‘lib qoldilar.

Salaf solihlar esa solih amallarini ahli-oilasidan ham berkitishga harakat qilganlar .

#gaza

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group
1 ай Тәрҗемәсе
Татарчага аудару мөмкин түгел.

Rasululloh ﷺ dedilar:

«Kimning ajali ilm talab qilayotgan vaqtida yetib qolsa, Alloh taoloning huzurida u bilan payg‘ambarlar o‘rtasini faqat payg‘ambarlik darajasigina ajratib turadi».

Tabaroniy rivoyatlari

Salmon Forsiy raziyallohu anhu aytadilar: « Ilm ko‘p, umr qisqa. Shunday ekan, dining yo‘lida nima kerak bo‘lsa ol, qolganini tashla ».

Ibnul Qoyyim rohimahulloh aytadilar: « Ilmdan olti narsa sababli mahrum bo‘linadi .

• Savol bermaslik;

• E’tiborsizlik bilan tinglamoq;

• Yod olmaslik;

• Ilmni tarqatmaslik;

• Unga muvofiq amal qilmaslik;

• Noto‘g‘ri tushunmoqlik ».

#hadis #tafakkur

  

(c) arabiytildars

#quran #ислам

Send as a message
Share on my page
Share in the group