Наган дахаан йохтахам.

Bir paytlari koʻklam faslda

Yurar edim shoʻx shodon gʻamsiz

Dard boʻlmagan menda aslida

Boʻlsa bordir lek koʻzlar namsiz...

Oo qadrdon aziz maktabim

Bagʻringda erkatoy edima

Senga atab yozdim maktubim

Yoshligimni boshin yedima...

Noshukurlik etmasman izhor

Hozirgi holimga ming shukur

Va lekin oʻtmishga intizor

Bolalikka tashnaman uzur...

Dardlar bilan kelishib ketdim

Oʻrgandim gʻamlarni yutmoqni

Bolalikka alvido aytdim

Eplolmadim lek unutmoqni...

Atardilar BAHOR deb bobom

Koʻklamga mos nomim bor edi

Toʻrtinchi yil etmoqda davom

Bahor boʻlmoq armondir endi...

Taqdirimning yoʻlidan yurib

Qismatimning qoʻlin tutaman

Lek qalbdagi ahdimda turib

Qaytmas bahorimni kutaman...

05.05.2024

Choliqushi

Send as a message
Share on my page
Share in the group