Translation is not possible.

Muhsin vaqtini topib, xo‘jayindan so‘radi:

— Fabrikaning asosiy xomashyosi o‘zimizning paxta ekan. Bularni yer egasidan sotib olayotganingizda pulingiz yetmasa, bankka ishingiz tushadimi?

— Ilgari bu yerda bank juda ko‘p bo‘lardi, bugun esa deyarli yo‘q. Chunki xalq foizga pul olmay qo‘ygan, bank esa har bir ishdan foiz olib, ustiga foiz qo‘yadi... Qolaversa, foiz aralashgan joydan baraka qochishi ham hammaga oydek ravshan bo‘lib qoldi. Xullas, hech kim pul bermay pul olmay qo‘ygach, banklar faoliyatini o‘zgartirishga majbur bo‘lishdi.

— Unda pul kerak bo‘lganda qayerdan olasizlar?

— Islomda qarzi hasana degan narsa bor. O‘zaro yordam tamoyili. Bir musulmonning ehtiyojini qondirish har bir musulmonning vazifasidir. Bunda foiz, mehnatsiz daromad haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Bunday yordam faqat ikki musulmon o‘rtasida, balki jamoatlar, korxonalar o‘rtasida bo‘laveradi.

📖 Muqaddas azob

✍️ Rauf Jilasun

📚 Misbah nashriyoti

Send as a message
Share on my page
Share in the group