Translation is not possible.

Sa’dulloh ham e’tiborini tortgan bir narsaning sababini so‘ray tura olmadi:

— Bu mamlakatda ayol-qizlar yo‘qmi? Ayollar umuman ko‘zga ko‘rinmagani g‘alati tuyulyapti.

— Nega yo‘q ekan, ayollar bor, albatta. Lekin zarur bo‘lmasa, ko‘chaga chiqmay qo‘yishgan.

— Ishlaydigan, ishga boradigan ayollar yo‘qmi?

— Ishlaydigan ayollar ham bor, lekin ular erkaklar ishlaydigan joyda ishlashmaydi, ularning ishlaydigan joylari alohida. Ayollar asosan uy ishlarini bajaradi. Bizda qo‘shnichilik munosabatlari juda yaxshi yo‘lga qo‘yilgan. Hamma bir-biriga yordam beradi. Boya aytganimizdek, bu narsa qonunlar bilan majburlanmagan, hammasi musulmonlik mas’uliyati. Musulmonlik — faqatgina namoz o‘qish, ro‘za tutish emas.

📖 Muqaddas azob

✍️ Rauf Jilasun

📚 Misbah nashriyoti

Send as a message
Share on my page
Share in the group