Translation is not possible.

Bir ayol har safar o‘g‘illaridan birontasini xulqida yomon o‘zgarishni ko‘rsa, darrov sadaqa qilib, taom tarqatar va ushbu:

Ularning mollaridan sadaqa ol.

Bu bilan ularni poklaysan, tozalaysan va ularning haqqiga duo qil.

(Tavba surasi, 103 -oyat)

ni o‘qib duo qilarkan:

“Allohim, ushbu sadaqam farzandimning axloqi poklanishi uchundir, chunki uning bu holi menga u kasal bo‘lib, xastalanganidan ko‘proq ta’sir qiladi, bezovta qiladi” der ekan.

Yana bir ayol bo‘lsa, kambag‘al edi, kunlik topganlariga kifoya qilarli kun kechirishardi.

Shu sabab sadaqa qilishga hech narsa topolmasdi.

Eri yoki o‘g‘li biron ayb, gunoh sodir qilishsa, kechasi turib Baqara surasini zam qilib namoz o‘qir va:

“Allohim, bu mening sadaqamdir, uni mendan qabul et.

Uni menga isloh qilib bergin”, deya duo qilardi.

Nima uchun vafot etgan inson dunyoga qaytish imkoni berilsa, sadaqani tanlaydi?

Bu haqda Qur’oni karimda:

“Va biringizga o‘lim kelib: «Ey Robbim, agar mening o‘limimni yaqin muddatga orqaga sursang, bas, sadaqa qilib solihlardan bo‘lsam”, demasdan avval Biz sizlarga rizq qilib bergan narsalardan nafaqa qiling”

(Munofiqun surasi, 10- oyat), deb aytilgan.

Nima uchun “Umra qilaman” demaydi, “namoz o‘qiyman” demaydi, “ro‘za tutaman” demaydi, balki “sadaqa qilaman” deydi.

Ilm ahli deyishdi:

Vafot etgan kishi o‘limidan keyin sadaqani qay darajada foydasi, asari ulkan bo‘lishini ko‘rgani uchun ham shunday deydi.

Sadaqani ko‘paytiringlar, albatta mo‘min qiyomat kunida sadaqasining soyasi ostida bo‘ladi.

Ayni damda siz qilishingiz mumkin bo‘lgan eng afzal sadaqa - ushbu o‘qiganingizni sadaqa niyatida boshqaga ulashishingizdir.

Send as a message
Share on my page
Share in the group