Translation is not possible.

Gʻarbda qanchadan-qancha odamlar Falastinda boʻlayotgan urushdan noroziliklarini bildirish uchun namoyishlarga chiqishyapti. Soʻngi kunlarda Amerika Qoʻshma Shtatlarida yuzlab talabalar shu sababdan hibsga olindi. Xattoki ularning orasida professorlar ham bor.

Ular qoʻllaridan kelganicha oʻz noroziliklarini bildirishyapti. Bizchi? Hozirda Isroil va unga yordam berayotgan brend mahsulotlariga boykot qilyapmizmi? Duolarimizda eslayapmizmi?

Toshkent koʻchalarida yurar ekanman, odamlar boykot qilinishi kerak boʻlgan mahsulotlarni xarid qilishyapti. Boykot qilinishi kerak boʻlgan restoranlarda tamaddi qilishyapti. Yaqinda ochilgan “Tashkent Mall”dagi ZARAdan kiyimlar xarid qilishyapti. Buni koʻrib, ichim rosa achiydi.

Gʻarbda aksari musulmon boʻlmaganlar u yerda oʻz noroziliklarini bildirayotgan bir paytda, biz bu yerda boykotga beeʼtibor boʻlishimiz juda achinarli.

Hozir qoʻlimizdan duo va boykot qilish kelar ekan, men sizlarni shunga chaqirib qolaman. Telegram'da rus va oʻzbek tillarida sahifalar bor. Ingliz tilida android va iOS uchun maxsus ilova ishlab chiqilgan. Xarid qilayotgan va foydalanayotgan mahsulotlaringizga eʼtiborli boʻling!

Alloh taolo ahvolimizni oʻzi isloh qilsin.

Send as a message
Share on my page
Share in the group