Translation is not possible.

🫥 ILM FAZILATI

Ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Sulaymon (a.s.)ga ilm va podsholikdan birini tanlash ixtiyori berildi. U zot ilmni ixtiyor qildilar. Shundan so‘ng u kishiga ilm ham, podsholik ham ato qilindi".

Ba’zi donolarning aytishicha, ilm uch harf bo‘lib, "ayn" – illiyyindan, "lom" – lutfdan, "mim" esa mulkdan olingan, deydilar. "Ayn" o‘z sohibini illiyyinga (eng baland maqomga) olib chiqadi. "Lom" uni latif-muloyim qiladi. "Mim" esa, uni insonlar orasida ulug‘, boy qiladi".

Ilmning ulug‘ligiga Alloh taolo Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ga: "Ey Rabbim, ilmimni ziyoda qil", deb ayting", degan xitobi ham dalolat qiladi. Haqiqatan, Alloh Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ga barcha narsaning ilmini ato qildi, ilmdan boshqa narsalarda ziyodalik so‘rashni buyurmadi.

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Dunyo va oxiratning yaxshiligi-yu sharafi ilm bilan bo‘ladi. Bitta muttaqqiy olim Allohning nazdida mingta shahiddan afzaldir".

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Alloh taolo Arsh ostida bir shahar yaratib, uning darvozasiga: "Kim ulamolarni ziyorat qilsa, u go‘yo payg‘ambarlarni ziyorat qilibdi", deb yozdirib qo‘ygan". Shuning uchun ham Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: "Olimlar bilan ozgina vaqt o‘tirish Alloh nazdida ming yillik nafl ibodatdan mahbubroq", deganlar. Va yana Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam aytganlarki:

"Alloh taolo Arsh soyasida bu dunyoga o‘n barobar keladigan bir shahar yaratdi. U yerda marjon, yoqut, dur va zabarjatdan imoratlar bo‘lib, daraxtlari bordir. Qiyomat bo‘lganda uning barglari ochiladi. Va Alloh tarafidan bir jarchi nido qilib: "Besh vaqt namozni jamoat bilan o‘qib, ilm halqasida qatnashganlar bu daraxt soyasiga kelsinlar", deydi.

Shunda ular daraxt soyasiga kelib o‘tiradilar. Ularning oldlariga nurdan bo‘lgan dasturxon yoziladi. Bu dasturxonda ko‘zlar quvonadigan va nafs xohlaydigan narsalar muhayyodir. Daraxt ostidagilarga: "Hammalaring dasturxonga marhamat qilinglar!" deyiladi" ("Mukoshafatul asror").

Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) aytdilar: "Kim bir olimning o‘lganidan xafa bo‘lsa, Alloh taolo unga mingta olim va mingta shahid savobini yozadi". Va yana aytdilar: "Olimning o‘limi olamning o‘limidir".

➡️"Durratun nosihiyn" kitobidan Foydali deb bilsangiz, yaqinlaringizga ulashing.

©️Mezanauz

halaskor5610

image
Send as a message
Share on my page
Share in the group